Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:30

“Ular harbiy jinoyatchilar. Sabrimizni sinovdan o‘tkazmasdan, ketishsin”. Arman qishlog‘i Ozarbayjonga o‘tmoqda


1990-yillardagi birinchi urush vaqtida Zabux Lochin tumani bilan birga arman qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan va Agavno deb o‘zgartirilgan. O‘shanda ozarbayjonliklar Zabuxni tark etgan edi.
1990-yillardagi birinchi urush vaqtida Zabux Lochin tumani bilan birga arman qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan va Agavno deb o‘zgartirilgan. O‘shanda ozarbayjonliklar Zabuxni tark etgan edi.

Tog‘li Qorabog‘da 2020-yilda Ozarbayjon va Armanlar o‘rtasidagi urushga yakun yasagan kelishuv shartlariga ko‘ra, Zabux ozarbayjonlarga o‘tadigan bo‘ldi.

Zabux qishlog‘i Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashgan bo‘lib, Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan hudud hisoblanadi. Ikki yil avval mojarodan keyin hududga Rossiya qo‘shinlari joylashtirilgan.

Hozirda Ozarbayjon eski yo‘ldan janubda yangi yo‘l qurdi. Bu ularga etnik arman qishloqlari ustidan nazoratni qaytarib olish imkonini beradi.

Boku qishloq aholisidan hududni tark etishni so‘ramagan bo‘lsa-da, amalda mahalliy arman rasmiylari mintaqada yashovchi aholini 25-avgustgacha uylarini bo‘shatishga chaqirgan.

Etnik ozarbayjonlar 1992-yilda etnik arman jangarilari tomonidan bosib olingan Lochin viloyatidagi qishloqlardan qochgan. Oradan 30 yil o‘tgan bo‘lsa ham, ba’zilar o‘z uylariga qaytishga umid qilmoqda. Ammo Agavno qishlog‘idagi ko‘plab etnik armanlar ko‘chirilishga qarshi, ba’zilar esa majburan chiqarilmaguncha qolishlarini aytgan.

Bu yerning hozirgi taqdiri 2020-yildagi mojaroga borib taqaladi. O‘shanda 44 kunlik janglarda 6500 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Urush Rossiya vositachiligidagi kelishuv bilan yakunlangandi. Unga ko‘ra, arman qo‘shinlari 1992-93-yillardan beri egallab kelgan hududlardan chiqib ketadigan bo‘ldi.

Moskva mintaqaga 2000 ga yaqin askarini jo‘natdi. Ular Tog‘li Qorabog‘ning hamon etnik armanlar qo‘lida bo‘lgan hududlarga joylashtirildi.

Otashkesim shartlariga ko‘ra, uch yil ichida ozarbayjonlar Lochin, Zabux va Sus shaharlarini chetlab o‘tib, mavjud yo‘lak o‘rniga yangi yo‘l qurish rejasini taqdim etgan.

Ozarbayjon 11-avgust kuni 32 kilometrlik yo‘lning 20 kilometr qismini yakunlaganini e’lon qildi.

Biroq Armaniston yangi yo‘lning qurilishni endi boshlagani bois, yo‘l qachon rasman ochilishi savol ostida.

Maryam Akobyan Ozodlik bilan suhbatda, Rossiya qo‘shinlari ketmaguncha qishloqda qolishini aytdi. “Biz xalq sifatida o‘rnimizdan turib o‘z jonimizga qasd qildik”, dedi u va Tog‘li Qorabog‘da faqat to‘qqizta oila qolishni istayotganini qo‘shimcha qildi.

Lida Smbatyan o‘z uyini tark etishni ayniqsa, 1994-yilda ko‘chib kelganidan beri bog‘ida parvarishlab keladigan qulupnay, sabzavot va gullarini tashlab ketishni tasavvur qila olmasligini aytadi.

Odamlarga yangi uy topishda yordam berish uchun Armaniston hukumati har bir oilaga 10 million dram (taxminan 24 700 dollar) berishni va’da qildi. Biroq, ko‘pchilik bu mablag‘ Armanistonda unchalik ko‘p emasligini ta’kidlagan. Ushbu moliyaviy yordam vaucher shaklida taqdim etilishi aytilgan.

Belgilangan muddat u yerda yashovchi etnik armanlar orasida vahima uyg‘otgan bo‘lsa-da, 30 yil avval ko‘chirilgan etnik ozarbayjonlar uchun yana Zabuxga qaytishga umid uyg‘otdi.

"O‘shanda og‘ir ahvolda qochganmiz. Mashina topolmagandik. Hammasini armanlarga qoldirib ketganmiz", deydi hozirda Boku chetidagi pansionatda yashovchi 90 yoshli Sitora Mamadova. U hali ham Zabuxga qaytishga umid qilayotganini aytdi.

Agavno/Zabux
Agavno/Zabux

Mintaqada mojaro 1980‑yillar oxirida Sovet Ittifoqi zaiflashgan kunlarda boshlangan. Urush 1994-yilda tugadi, 30 000 dan ortiq odam halok bo‘ldi va 1 milliondan ortiq odam, asosan etnik ozarbayjonlar uy joyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.

1994-yildagi janglardan so‘ng etnik arman kuchlari Tog‘li Qorabog‘ va unga tutash yetti tumanni to‘liq yoki qisman nazoratga oldi. 2020-yilgi janglarda esa Boku yetti tumanni hamda Qorabog‘ hududining bir qismini qaytarib oldi.

"U yerda qolaman, ketmayman deyayotganlar haqidagi xabarlarni eshityapmiz. Bu ularning muammosi, lekin ular harbiy jinoyatchilar. Sabrimizni sinovdan o‘tkazishmasin. O‘z xohishlari bilan ketsin, qayerga ketishini esa bizga farqi yo‘q. Ular ketadi”, deya 12-avgust kuni Aliyevning so‘zlarini keltirgan Ozarbayjon matbuoti.

Agavnoni tark etayotgan yuk mashinasi.
Agavnoni tark etayotgan yuk mashinasi.

Rossiya Bokuni tinimsiz sulhni buzganlikda aybladi, AQSh va Yevropa Ittifoqi esa harbiy harakatlarni “zudlik bilan” to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon uning mintaqadagi harbiy missiyasi avvalgidan ham kattaroq qiyinchiliklarga duch keldi. Rossiya har ikki tomondan tanqidlar domida qoldi. Xalqaro Inqiroz Guruhi Rossiya missiyasi rahbari o‘z imijini yaxshilash maqsadida bir necha mahalliy faollar va siyosatchilarni uchrashuvga taklif qilganini va bu kamdan-kam uchraydigan holat ekanligini aytgan.

XS
SM
MD
LG