Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:22

"Umumiy nafrat". Xitoy va Rossiya rahbarlarining Moskvadagi uchrashuvi nima bilan tugadi?


Rossiyaning Xitoyga 6 qaramligi kuchayib borayotganiga qaramay, Si Putinga o‘ziga teng rahbar sifatida muomala qilib keladi.
Rossiyaning Xitoyga 6 qaramligi kuchayib borayotganiga qaramay, Si Putinga o‘ziga teng rahbar sifatida muomala qilib keladi.

21-mart kuni Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda muzokara o‘tkazib, Xitoyning Ukrainadagi urushdagi “ijobiy roli” va “xolis, betaraf pozitsiyasi” haqida gapirdi. Shu kuni kechga tomoni ikki rahbar qo‘shma bayonot imzoladi.

Ammo umumiyatla tashrif qanday natija bilan tugadi?

Imzolangan kelishuvlarda kelgusida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni yaxshilash va har ikki mamlakatning davlat ommaviy axborot vositalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalari batafsil bayon qilingan. Shuningdek, ularda G‘arb mamlakatlari tanqid qilinadi. Xususan, kelishuvlar AQSh, NATO hamda Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidan imzolangan yangi AUKUS mudofaa paktini nishonga oldi.

Ammo muzokaralar davomida Moskvaga G‘arb sanksiyalarining kuchayib borayotgan bosimiga bardosh berishda yordam bera oladigan muhim iqtisodiy masalalar bo‘yicha hal qiluvchi kelishuvlarga erishilmadi. Bu holat Xitoyning Rossiyaga yordami cheklanganidan hamda ikki davlat o‘rtasidagi kuchlar muvozanati Pekin foydasiga o‘zgarib borayotganidan dalolat beradi.

Qarorgohi Londonda joylashgan Chatham House tadqiqot markazining Xitoy bo‘yicha katta ilmiy xodimi Yu Ji “Si Szinpinning bu safardan maqsad Rossiya bilan status-kvoni saqlab qolish, yangi hamkorlik sari bir santimetr siljish yoki zamin yaratish emas”, deb yozdi.

Sammitda nimaga erishildi?

Si 2022-yil 24-fevralda Putin Ukrainaga bostirib kirganidan beri Rossiyaga ilk marotaba safar qildi. Safardan ko‘zlangan maqsad Ukraina urushi keltirib chiqargan xalqaro beqarorlik va notinchlikka qaramay, Pekinning Moskva yonida turish niyati qat’iy ekanini ko‘rsatishdir.

Xitoy rahbari safari chog‘ida Putinning urush bo‘yicha pozitsiyasini jimgina qo‘llashda davom etdi. Ikki rahbar ikki tomonlama aloqalarning yangi davrini e’lon qildi. Ularning da’vosicha, bu global miqyosda geosiyosiy manzarani o‘zgartiradi.

“Hozirda biz 100 yildan beri ko‘rmagan o‘zgarishlar sodir bo‘lyapti”, dedi Si Putinga 21- mart kuni uyushtirilgan davlat ziyofatidan so‘ng.

Ammo Si Rossiyaning Ukrainadagi urush harakatlarini dastaklash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri biror chora ko‘rmadi va Moskva kutgan ba’zi katta rejalar amalga oshmay qoldi.

Eng muhimi, Pekin “Sibir kuchi-2» gaz quvuri loyihasini ochiqchasiga qo‘llashdan o‘zini tiydi. Loyiha Rossiyaning Yevropaga energiya eksportini Mo‘g‘uliston orqali Xitoyga yo‘naltirish strategiyasida muhim o‘rin tutadi.

Putin 21-mart kuni quvur haqida jamoatchilikka bergan izohlarida xuddi Xitoy tomoni bilan kelishuvga erishilgandek so‘zladi. O‘sha kuni Si bilan qilgan chiqishida Rossiya rahbari Mo‘g‘uliston “Sibir kuchi-2” loyihasini imzolagani, Rossiya joriy yilda Xitoyga kamida 98 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berishni va’da qilganini qo‘shimcha qildi.

Ammo bu ko‘rsatkichga faqat yangi quvur ishga tushsagina erishish mumkin bo‘ladi. Si uchrashuv davomida bu masalada lom-lim demadi.

Tashrif ortidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda shunchaki Xitoy ham, Rossiya ham gaz quvurini qurish rejalarini “o‘rganish va kelishish bo‘yicha ilgari siljish yo‘lida harakat qilishi” aytiladi.

Ukrainada tinchlik o‘rnatish rejasi bo‘yicha siljish bo‘ldimi?

Tashrif oldidan Si Putinni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chorlaydimi, shuningdek, Xitoyning fevral oxirida e’lon qilingan harbiy harakatlarni to‘xtatish taklifi urushni tugatish uchun asos bo‘la oladimi, degan savollarga e’tibor qaratilgan edi.

Biroq, Moskvadagi uchrashuvdan so‘ng Ukrainada tinchlik o‘rnatish istiqboli oldingidek olis ko‘rinadi.

Putin Xitoyning urushni tugatish borasidagi pozitsiyasiga ochiq ekanligini, ammo uning muvaffaqiyati G‘arb davlatlari va Kiyev bu g‘oyaga qanday munosabatga ekanligiga bog‘liqligini ta’kidladi.

Xitoyning 12 banddan iborat rejasini G‘arb rad etdi, chunki u Rossiyani Ukrainani tark etishga aniq chorlamaydi. Shuningdek, Xitoy taklifi mojaroni Moskva shartlari bilan muzlatib qo‘yish urinishi sifatida talqin qilindi.

Vashingtonning Pekin Rossiyaga harbiy yordam berishni ko‘rib chiqayotgani haqida ogohlantirishlariga qaramay, Xitoy Rossiyaga jang maydonida yordam berishga oshiqmayapti.

Шанҳай саммити: Яккаланган Путин "якка қутбли" дунёга қарши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:05 0:00

Umuman olganda, qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Si va Putin tanish gaplarni takrorladi. Ikki rahbar “har qanday davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan boshqa davlatlarning qonuniy xavfsizlik manfaatlariga zarar yetkazuvchi harbiy, siyosiy va boshqa sohalarda foyda ko‘rishga intilishi” oqibatlaridan ogohlantirdi. Kreml NATO kengayishiga qarshi ritorikasida ayni gaplarni aytib, urushning avj olishida G‘arbni aytib keladi.

Kiyev Xitoy taklifiga shubha bilan qaradi va muzokara boshlashdan avval Rossiya o‘z hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerakligini ta’kidladi. Shunday bo‘lsa-da, Ukrainaning yuqori lavozimli rasmiylari Pekinni ochiqchasiga tanqid qilishgacha bormadi.

Si Rossiya bosqinidan beri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashgani yo‘q, biroq safar arafasida The Wall Street Journal gazetasi ikki yetakchi telefon orqali suhbatlashishi mumkinligi haqda xabar bergan edi. Zelenskiy 21-mart kuni Si bilan qo‘ng‘iroq “hali tasdiqlanmaganligini” aytdi.

Xitoy va Rossiya munosabatlari o‘zgardimi?

Xitoy rahbari Rossiyada qizil gilamda kutib olingan bo‘lishiga qaramay, Pekin Rossiyaning Ukrainadagi urushi masalasida ehtiyotkorlik bilan chora ko‘rmoqda. Rossiyaning qo‘shni mamlakatga bosqini G‘arbni birlashtirdi va Pekinning ikki asosiy savdo hamkori — AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini keskinlashtirdi.

Tashrifdan asosiy maqsad Xitoy hali ham Rossiya bilan aloqalariga jiddiy qarashini va Ukrainadagi urush ikki mamlakat munosabatlarini tubdan o‘zgartirmaganligini ko‘rsatish edi. Si Putinga joriy yilda “qulay vaqtda” Xitoyga borishni taklif qildi.

Ammo tashrif ular munosabatlaridagi chegaralarini ham fosh qildi va Xitoy Rossiyaga o‘z manfaatlariga putur yetkazadigan yordamni taklif qilishga tayyor emasligini ko‘rsatdi.

Ukrainadagi urush davrida Pekin Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirdi. 2022- yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘lami rekord 190 milliard dollarga yetdi. Xitoy yuani Rossiyaning asosiy xorijiy valyutasiga aylanishi kutilmoqda, chunki Moskva Xitoyga o‘zining asosiy energiya bozori sifatida qaram bo‘lib bormoqda.

Bu dinamika esa Xitoyga qo‘l kelishi mumkin.

2014-yilda Moskva Qrimni anneksiya qilgani uchun sanksiyalarga duch kelganida Pekin “Sibir qudrati” quvuri orqali arzon gaz sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishga muvaffaq bo‘lgandi. Liniya 2019-yilda ishga tushdi. Rossiyaning yangi xaridor topish urinishlari hamda ayni shaklda rivojlanishi va Xitoyga qo‘l keladigan kelishuv bilan yakunlanishi mumkin.

Rossiyaning qudrati sustlashib, mamlakatning iqtisodiy qaramligi kuchayib borayotganiga qaramay, Si Putinga o‘ziga teng rahbar sifatida muomala qilib keladi. Mutaxassislarning fikricha, Xitoy rahbari Rossiyani AQShga qarshi kurashda muhim ittifoqchi sifatida ko‘radi.

Bu shuni anglatadiki, ikki rahbar munosabatlari asosida biror qadriyat emas, balki Vashingtonga nisbatan umumiy nafrat yotibdi. Xitoyning asosiy maqsadi Moskvani o‘z yonida ushlab turish va Rossiya urush tufayli G‘arb bosimiga qarshi tura olmaydigan darajada zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Xitoy tashqi siyosatining yetakchi mutafakkirlari ayni fikrda.

Nufuzli tashqi siyosat olimi va Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti Ilmiy maslahat kengashi raisi Yan Szemyan fevral oyida “Rossiya doimiy ravishda kuchsizlansa, AQSh va G‘arbga qarshi qarshi kurasha olmaydigan, buni xohlamaydigan yoki jur’at qila olmaydigan darajaga yetsa, bu holat oxir-oqibatda Xitoyni mutlaqo noqulay strategik vaziyatga solib qo‘yadi”, deb yozgan edi.

XS
SM
MD
LG