Линклар

Шошилинч хабар
28 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:27

YXHT kuzatuvchilari Gruziyadagi saylov kamchiliklaridan bahs etishdi


Gruziyadagi parlament saylovini kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasi xodimlari, Tbilisi, 2024-yil 27-oktyabri
Gruziyadagi parlament saylovini kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasi xodimlari, Tbilisi, 2024-yil 27-oktyabri

Gruziyada 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament sayloviga “noteng o‘yin qoidalar, bosim va muhit tarangligi” soya solgan. Bu haqda YXHT, Yevropa kengashi, Yevroparlament va NATOdan bo‘lgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasining qo‘shma bayonotida aytilgan.

Saylovning ertasi kuni tarqatilgan bayonotda xalqaro kuzatuvchilar Gruziyada ovoz berish jarayoni umuman olganda yaxshi tashkil etilgani, biroq yuzaga kelgan “tarang vaziyat” va “teng bo‘lmagan o‘yin qoidalar” saylovga bo‘lgan ishonchga putur yetkazganini qayd etishgan.

Qo‘shma bayonot xulosasida Gruziyadagi saylov jarayoni xalqaro demokratik tamoyillarga yetarli darajada muvofiq bo‘lmagani aytilgan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) saylov chog‘ida qayd etilgan ovoz sotib olish, ikki martalab ovoz berish, jismoniy zo‘ravonlik va qo‘rqitish kabi holatlarni ham qoralagan.

Yevroparlament delegatsiyasi rahbari Antonio Lopes-Isturis Uayt Tbilisida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Gruziya orzusi” hukmron partiyasi saylov arafasida dushmanona til qo‘llagani, “Rossiya dezinformatsiyasi”dan foydalangani hamda “ovoz berishga putur yetkazish va manipulyatsiya” urinishiga oid turli fitna nazariyalarini ilgari surganini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG