Dushanba kuni Xitoyning xizmatini o‘tab bo‘lgan “Tyangun-2” fazo laboratoriyasi Tinch okeaniga qulatildi. Bu haqda mamlakat rasmiylari bildirdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kema mahalliy vaqt bila soat 8:15 da atmosferada deyarli butunlay yonib ketgan.
Olimlar “Tyangun-2”ning Yerga qulashi meteor yomg‘iri kabi go‘zal manzara bo‘lishini va’da qilgan edi. Ammo kema okeanga qulagani uchun hodisani kuzatishning imkoni bo‘lmadi.
Xitoy fazo agentligi rasmiylari kema aynan qaerga qulashi hodisa sodir bo‘lishiga yaqin aniq bo‘lishini aytgan edi. Avvaliga ular kema San-Paulu ustida atmosferaga qaytishini aytishdi, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay qulash joyi Tinch okeanida bo‘lishini bildirishdi.
AQSh harbiy radar va sensorlari “Tyangun-2” Tinch okeani ustida orbitaga qaytganini tasdiqladi. “Tyangun” xitoycha “samoviy saroy” ma’nosiga ega. Kema 2011 yilning sentyabrida orbitaga chiqarilgan edi. Mazkur kema o‘z fazo stansiyasini qurish uchun kurashayotgan Xitoy uchun muhim qadam bo‘ldi.
Modul murakkab qo‘shish va ulash amallarini sinab ko‘rish uchun ishlab chiqilgan edi. Boshida undan faqat ikki yil davomida foydalanish rejalashtirilgandi, xolos.
“Tyangun-2” bortiga bir necha marta xitoylik fazogirlar chiqarildi. Hatto uning bortida turib fazogirlar videomurojaat orqali o‘quvchilarga dars o‘tdi.
“Tyangun-2” modulini Yerga reja asosida qulatish mo‘ljallangan edi. Ammo kema 2016 yil ishdan chiqdi.
Yevropa fazo agentligi “Tyangun-2” dvigatellarini Yerdan boshqarish qo‘ldan boy berilganini aytib keladi.
Qiyos uchun, Rossiya 2001 yilda “Mir” fazo stansiyasini reja bo‘yicha Tinch okeaniga qulatgan edi.
Yil boshida Xitoy rasmiysi “Tyangun-2” laboratoriyasi boshqaruvi qo‘lgan boy berilganini rad etdi.
Xitoy matbuoti Yevropa fazo agentligi va boshqa mutaxassislarning modul boshqaruvi qo‘ldan boy berilgani haqidagi sharhlarini yolg‘on ma’lumotlar, deya ko‘rsatib keladi.
2016 yilning sentabr oyida Xitoy fazoga “Tiangong-2” kemasini chiqardi. Mamlakat o‘z doimiy fazo stansiyasini qurishga bel bog‘lagan. Buning uchun keyingi yillarda “Tyangun-2” fazo kemasi kengaytirib boriladi. Stansiya 2022 yili to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.
Xitoy o‘z fazogirlarini mustaqil ravishda kosmosga yuborgan Rossiya va AQShdan keyingi uchinchi davlatdir.