Misr Antik dunyo ishlari vazirligi Tutanxamon maqbarasi yonida yashirin qabrlar borligi haqidagi taxminlar asossiz ekanligi aniqlanganini bildirdi.
Vazirlik yakshanba kuni e’lon qilgan bildiruvda yozilishicha, radar yordamida fir’avn Tutanxamon maqbarasi yaqinida yoki ichida yashirin maqbaralar yo‘qligi uzil-kesil aniqlangani aytiladi.
Bildiruvda, shuningdek, tadqiqotni o‘tkazgan Turin politexnika universiteti xodimlari o‘z ishlari natijalarini batafsil so‘zlab berishlari aytib o‘tildi.
Italyan olimlar guruhiga Franchesko Portselli yetakchilik qilgan. Portselli Misr Antik dunyo ishlari vazirligiga Tutanxamon maqbarasi yaqinida yashirin qabr yoki yo‘laklar borligi haqidagi gipotezalarni radar yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar tasdiqlamagani haqida batafsil hisobot taqdim etgan.
Bundan avval o‘tkaziglan tekshiruvlar ortidan ayrim mutaxassislar fir’avn maqbarasi yaqinida boshqa yashirin maqbaralar mavjud bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Britan misrshunosi Nikolas Rivz yashirin maqbara aslida Tutanxamonning otasi qirol Axenatenning rafiqasi Nefertitiniki bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Ushbu teoriya tarafdorlari 20 yoshga to‘lmasdan vafot etgan Tutanxamon maqbaraning tashqi qabriga qo‘yilgani haqidagi taxmini ilgari surishgan edi.
Axenaten Misrda monoteizm o‘rnatishga samarasiz uringani haqida bizga ma’lum. DNK analizi u Tutanxamonning otasi bo‘lganini tasdiqlagan. Ammo Tutanxamonning onasi haqida turli qarashlar mavjud.
Tutanxamonning shohlar vodiysidagi maqbarasi 1922 yil ingliz arxeologi Govard Karter tomonidan topilgan.