Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev O‘zbekistonni “25 yil uxlagan mamlakat”, deb atadi. Shahar hokimi “Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish”ga bag‘ishlab 21 iyulda o‘tkazilgan “ochiq eshiklar” kunini ochar ekan, kun.uzga ko‘ra, bunday degan:
“Safimizga borgan sari yangi tadbirkorlar va investorlar qo‘shilmoqda. Maqsadimiz bitta - shaharni rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash. Ancha yillar, deyarli, 25 yil davomida uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otish”.
Islom Karimov davriga berilgan bunday baho bir qator savollarni paydo qildi va ularni publitsist Sharof Ubaydullaevga OzodNazarning bugungi sonida berdik.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди