O‘zbekistondagi saytlardan biri 13 sentabr kuni “Ozodlik” radiokanalida faoliyat yuritgan va “OzodNazar” dasturini olib borgan jurnalist Sharof Ubaydullaev “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimini egalladi”, deb xabar qildi.
OzodNazar bu xabardagi xatolarni tuzatib qo‘ymoqchi: Sharof Ubaydullaev Ozodlik radiosida faoliyat yuritmagan; Sharof Ubaydullaev OzodNazar dasturining olib boruvchisi emas.
Lekin saytning bu adashuvidan OzodNazar xafa emas. Demak, eshittirish o‘ziga shu qadar yorqin, shu qadar betakror suhbatdosh topibdiki, u tinglovchilar nazarida eshittirish mehmonidan uning boshlovchisiga aylanib qolibdi.
OzodNazar “boshlovchisi” Sharof Ubaydullaev bilan navbatdagi suhbatni tinglang. Suhbatni doimgiday Sarvar Usmon olib boradi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди