Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan pensioner Nabijon Jo‘raboevning iddao qilishicha, 18 oktabr kuni ishdan olingan G‘allaorol tumani hokimi Abdurashid Yo‘ldoshev ikki yil rahbarligi davrida 5000dan ortiq 30-40 yillik daraxtni kestirib, tabiatga jiddiy zarar yetkazgan.
“Ikki yil orasida hokim daraxtlarga qiron keltirdi. Soppa-sog‘ bir necha o‘n yillik daraxtlarni qurt tushgan degan bahonada kestirib yubordi. Shuncha yil daraxtlarga qurt tushmaganu, bu hokim bo‘lib kelgandan keyin qurt tushib qolibdi. Bozorni buzib tashladi, chala yotibdi. Xullas, bu hokim xalqning boshiga kelgan bir balo edi. Xalqning dardi axiyri, prezidentga yetib bordi va uni ishdan oldi”, deydi Nabijon Jo‘raboev.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Nabijon Jo‘raboev kesilgan daraxtlar aks etgan bir necha suratlarni ham Ozodlikka taqdim qildi.
----------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!