Buxoro viloyat, Vobkent tuman, Qatag‘an qishlog‘idan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan, xavfsizligini ta’minlash uchun ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchining aytishicha, 1990 yilda aholiga berilgan tomorqa yerlari tuman hokimining buyrug‘i bilan tunda haydab tashlangan:
“Shu bir parcha yer kam ta’minlangan, kambag‘al, ishsiz odamlarning dardiga malham bo‘lib turgandi. Odamlar bu yeriga kuzgi bug‘doy ham ekkan edi. Hokimiyat odamlar to‘polon qilmasin deb, tunda yerni haydattirib tashlabdi. Bahorga chiqib paxta ekarmish. Shu paytgacha aholi yerning solig‘ini to‘lab, shundan tirikchilik qilib kelar edi. Bu yog‘iga endi tirikchilik yanada og‘irlashadi. Qorni to‘qning qorni och bilan ishi yo‘q ekan”.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!