Zararli ovqatlanish sababli eng yuqori o‘lim darajasi O‘zbekistonda qayd etilgan. Germaniyadagi Fridrix Shiller universiteti olimlari tuzgan reytingda sobiq sovet o‘lkalari birinchi o‘n bir o‘rinni egalladi. Hisobot mualliflariga ko‘ra, bu o‘lkalarda odamlar haddan ziyod tuz iste’mol qilishi va sabzavot kam yeyishi oqibatida hayotdan erta ko‘z yummoqda.
Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari 1990 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida har 100 ming kishidan 394 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Reytingda sobiq sovet o‘lkalari birinchi o‘n bir o‘rinni egalladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli o‘lim darajasi bo‘yicha Turkmaniston hamda Qirg‘iziston O‘zbekistondan keyin ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Ulardan keyin Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston va Qozog‘iston joylashdi.
Rossiya har 100 ming kishiga 291ta o‘lim holati ko‘rsatkichi bilan o‘ntalikni yakunladi.
Hisobot mualliflariga ko‘ra, bu o‘lkalarda odamlar haddan ziyod tuz iste’mol qilishi sabzavot kam yeyishi oqibatida hayotdan erta ko‘z yummoqda.
G‘arbiy Yevropa noto‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha eng yomon ahvol Germaniyada qayd etildi.
Ispaniya, Isroil va Fransiya aholisi esa eng to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi.
Bu mamlakatlarda har 100 ming kishidan 43-46 inson noto‘g‘ri ovqatlanish odati tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Hisobotda qayd etilishicha, 2016 yilda noto‘g‘ri ovqatlanish Yevropadagi o‘lim holatlarining yarmiga sabab bo‘lgan.
Mintaqada yashovchi ikki milliondan ortiq kishi oziq-ovqatdagi tuz miqdori yuqori ekani va sabzavot, yong‘oqlar hamda donli mahsulotlar iste’molining kamligi tufayli kelib chiqqan kasalliklar qurboniga aylandi.