Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Qishloqagrokimyo” korxonasidan OzodMikrofonga arz qilgan ishchilardan birining aytishicha, ular oladigan maosh so‘nggi bir yilda qariyb ikki barobarga kamayib ketgan.
“Har kuni bazaga vagonlarda kelgan selitra, karbamid kabi har biri 50 kilo keladigan mineral o‘g‘it qoplarini yelkada tashib tushiramiz. 11 kishi ishlaymiz. Ishimiz juda og‘ir, sog‘liqqa zararli ekanligini ham bilamiz. Lekin oilani boqish kerak, boshqa ilojimiz yo‘q. Agar 2016-2017 yillarda maoshimiz o‘rtacha 1,5 million bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yilning iyun oyidan qariyb teng yarmiga rassenkani qisqartirib tashlashdi. Dekabr oyida 360 ming so‘m oylik chiqdi. Yanvar oyida esa 800 ming so‘m. Kommunal to‘lovlarni to‘lashga ham qiynalib qoldik”, deydi ishchilardan biri".
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
********************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!