20 yildan buyon qamoqda o‘tirgan mahkum: Mening avfnomamni ko‘rib chiqishsin!

Sherzod Hakimov

Toshkent viloyat, Ohangaron tumanidagi 48-manzil koloniyadan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan mahkum Sherzod Hakimovning arz qilishicha, uning prezident nomiga yozgan avfnomalari ko‘rib chiqilmayapti.

44 yashar Sherzod Hakimov 1999 yilda O‘zbekiston JKning 159-, 155- va yana boshqa 7 moddasi bo‘yicha ayblanib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Uning iddao qilishicha, 2008 yilda jazoni ijro etish muassasasida "to‘qima ayblar" bilan sud qilinib, jazo muddatiga yana ikki yil qo‘shib berilgan.

2018 yilda jazoning qolgan muddatini o‘tash uchun manzil koloniyaga chiqarilgan Sherzod Hakimov prezident nomiga bir necha bor avfnoma yozgani, lekin koloniyaga kelgan komissiya uning arizasini ko‘rib chiqmayotgani, prokuraturaga yozgan shikoyatlari javobsiz qolayotganini aytadi:

“Manzil koloniyaga bir necha marta komissiya kelib, mahkumlar avfini ko‘rib chiqdi. Lekin meni chaqirishmayapti. Qamoqxonada bo‘lib, bir o‘qituvchi ayolga uylangan edim. Yaqinda chaqalog‘imiz olti yarim oylik bo‘lib tug‘ildi. Hozir vaakumda saqlashyapti. Ayolimga madad bo‘lay, 82-moddaga ko‘ra borib ko‘rib kelishga ruxsat bering desam, koloniya rahbari otkaz qilyapti. Onam 70 dan oshgan. Mazasi yo‘q, uni borib ko‘rib kelishga ham ruxsat bermayapti. Men xato qilgan bo‘lsam, menga berilgan 20 yilni qonuniy o‘tirdim, qilgan gunohim bo‘lsa pushaymonman, oilamga madad bo‘lishim kerak, lekin avfnoma bo‘yicha prezident qarorlarini bular mensimayapti. Menga tuhmat bilan qo‘shib berilgan ikki yil ortiqcha bo‘ldi. Endi ochlik e’lon qilmoqchiman”, deydi Sherzod Hakimov.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

20 yildan buyon o‘tirgan mahkum: Mening avfnomamni ko‘rib chiqishsin!

Sherzod Hakimov 2018 yilda uylangan

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!