Namangan viloyatidagi “Namelektrapparat” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi Jahongir Ziyovuddinovning OzodMikrofonga arz qilishicha, ular 2016 yilda “Siroybeton servis Chortoq” MChJga bir milliard so‘mdan ortiq miqdorda bergan qurilish mollari uchun haqini hozirgacha ololmayapti.
Boshqaruvchiga ko‘ra, garchi viloyat iqtisodiy sudi pulni undirib berish haqida ajrim chiqargan bo‘lsa-da, MChJ bank bilan kelishgan holda pulni qaytarmaslikka harakat qilmoqda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Boshqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, uning bir qancha tashkilotlarga yozgan shikoyatlari o‘rganish uchun "Mikrokreditbank"ka yuborilyapti, ammo bank shikoyatchilar bilan uchrashdik, degan yolg‘on ma’lumotlarni taqdim qilmoqda.
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!