Samarqand viloyati Jomboy tumani, Arpa qishlog‘idan “OzodMikrofon” ga arz qilgan “Arpa bog‘i uzumzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Komiljon Quvondiqovning arz qilishicha, uning tashlandiq joyda barpo qilgan yong‘oqzor va uzumzori qalbaki ariza bilan tortib olingan.
Komiljon Quvondiqov nomidan qalbaki ariza asosida 2016 yilda bog‘ tortib olingach, uning prokuratura, sud idoralariga yugur-yuguri boshlangan.
Garchi iqtisodiy sud ekspertiza o‘tkazib, uning nomidan yozilgan ariza qalbaki ekanligini aniqlagan va hokimning barcha qarorlarini bekor qilgan bo‘lsa ham, bog‘ Komiljon Quvondiqovga qaytarib berilmayapti:
“Men Rossiyaning Sochi shahrida mardikor bo‘lib ishlab, topgan pulimga o‘z vatanimda bog‘ yaratmoqchi bo‘lib, qaytib keldim. Tashlandiq joyga bog‘ yaratish haqida hokim qaror chiqarib berdi. 3 gektar joyga yong‘oq, bir gektar joyga uzum qildim. Lekin maqbullashtirish haqidagi qarordan so‘ng mening yerimni noqonuniy olib qo‘yishdi. Sudma-sud yurib, hokimning qarori noto‘g‘ri ekanligini isbotladim. Lekin yana boshqa da’vo arizalari kiritib, meni yana o‘sha eski, ya’ni mening nomimdan yozilmagan arizani to‘g‘ri deb o‘tirishibdi. Oliy Sudga ham murojaat qildim. Lekin, Oliy Sud atalmish ,,Adolat qo‘rg‘oni'' adolatni “puf''deb bekor qilib tashlayapti”.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!