Prezident xiyonatda ayblagan so‘kong‘ich hokimlarini mukofotladi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida, 29 avgust kuni bir qancha o‘zbekistonliklarni faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirladi.

Mukofotlanganlar orasida Farg‘ona va Andijon vilotyalari hokimlari Shuhrat G‘aniyev va Shuhrat Abdurahmonov ham bor.

2 avgust kuni esa prezident videoselektor yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi “G‘aniyev degan vallomat”ni xiyonatda ayblab, u bilan “katta ishlarni amalga oshirish” imkoni yo‘qligini aytgandi.

Prezidentning bunday deyishiga Rishton tumanida aholi uylarining buzib tashlangani ortidan ko‘chada qolgan xalqning noroziligi sabab bo‘lgan edi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Mirziyoyev uning siyosatiga xiyonat qilgan hokimlarni jazolashga buyruq berdi

Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga ham alohida to‘xtalib, prezident tarbiya qilib yurgan hokim "qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarib qo‘yganini" aytadi:

Mayli, Ermanov kecha kelgan hokim, Ro‘ziyev ikkalang xiyonatchisan!

"Ey noinsof, Rishton bo‘yicha ham senga pul berib aytdimki, Rishtonni yangilash kerak, biroq odamlarni rozi qilib qilish kerak, deb. Janob G‘aniyev, tajribali hokim! Mayli, Ermanov kecha kelgan hokim, Ro‘ziyev ikkalang xiyonatchisan! Sizlar bilan katta-katta ishlarni amalga oshira olamizmi? Hech qachon oshira olmaymiz! Chunki sizlarga bir topshiriq berishga odam qo‘rqadi! Nega desangiz, saviyang yo‘q, biliming yo‘q, kitob ham o‘qimaysan, prezidentning qarorini ham"

Shuhrat G‘aniyev bundan avval qo‘l ostidagi xodimlarni va Toshloq tumani xalqini qattiq haqorat qilgani haqida Ozodlik o‘z vaqtida xabar bergan.

May oyida Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi viloyat Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boshliqlariga ularning “ichagini sug‘urib, boshiga salla qilish”, bilan tahdid qilgandi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Sensirash

2016 yil avgustidagi selektorda esa Farg‘ona viloyati hokimi soha rahbarlarining "kallasini sapchaday uzib tashlash" bilan tahdid qilgandi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Haqorat

"Vazirni mensimagan, boshqarma boshlig‘ini “iflos, hayvon, shakal, hezalak, maymun” deb haqorat qilgan hokim ham orden oldi

Prezident farmoniga ko‘ra, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlardan yana biri - Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni o‘tkazgan hukumat majlisida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovni “ko‘zbo‘yamachilik” holatlari uchun tanqid qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimi bilan bog‘liq "Internetda tarqalgan" xabarlarni kuzatganini aytgan.​

May oyida prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida ko‘zbo‘yamachilikni fosh etuvchi Ozodlik maqolasi mamlakat bo‘ylab shov-shuvga sabab bo‘lgandi.​

Ozodlik 6 nafar ayolga prezident sovg‘asi sifatida kottejlar berilishi va’da qilingani, lekin prezident Toshkentga qaytgach, ulardan uylar qaytarib olingani haqda xabar bergandi.​

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov

26 iyun kuni Ozodlik Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘tkazgan yig‘ilishining audiosi va hokimning haqoratli so‘zlarini oshkor qilgandi.

Shu majlisda Abdurahmonov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ini "iflos, hayvon, hezalak", O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirini esa "maraz", "vazircha", deb so‘kkan edi.

"Kechirim" bilan kechirilib mukofotlangan hokim

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniyevni qattiq tanqid qilganidan so‘ng, uning ishda qolish-qolmaslik masalasini ko‘rib chiqishni Vazirlar Mahkamasiga topshirgan va unga xiyonat qilgan uch hokimni xalqdan kechirim so‘rashga majbur qilgan edi.

Shuhrat G‘aniyevning kechirimi Prezident tomonidan qabul qilindi va u "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.