"Ishchiga mukofot 250 ming so‘m, rahbarlarga 5-7 million"

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining ismi sir qolishini so‘ragan ishchilaridan biri 2017 yildan buyon oylik maoshlari oshmayotganidan, mukofot pulining asosiy qismini rahbarlarning o‘zlari olib qo‘yayotganidan OzodMikrofonga shikoyat qildi.

“Oklad bo‘yicha mening maoshim 650 ming so‘m. Qo‘shimcha ishlar bilan qo‘limga bir milliondan sal ko‘proq maosh olaman. Ikkita bolam maktabda o‘qiydi. Bu pulni bolamga yetkazaymi, kommunal to‘lovlarga yetkazaymi yoki oziq-ovqatga? Ishchilar birlashib bu haqda prezident portaliga ham xat yozdik, javob bo‘lmadi. Zavod rahbariyatiga murojaat qilsak, Toshkent ruxsat bermayapti, deb yelka qisadi. Yaqinda resurslar tejalishidan mukofot puli berishdi, biz, hamma ishni qilayotgan oddiy ishchilarga 250 ming so‘mdan, rahbarlarga esa 5-7 million so‘mdan tushibdi. Qani adolat?”

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodMikrofon: Ishchiga mukofot 250 ming so‘m, rahbarlarga 5-7 million

Zavod ishchilarining prezidentga yo‘llagan maktubidan nusxa

Zavod ishchilarining prezidentga yo‘llagan maktubidan nusxa

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!