Taniqli o‘zbek inson huquqlari himoyachisi Tolib Yoqubov 79 yoshida Jizzaxdagi uyida 27 noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan huquq faolining yaqinlariga ko‘ra, marhumning janoza namozi kunning ikkinchi yarmida o‘qiladi.
Tolib Yoqubov o‘tgan yili 12 yillik muhojiratdan so‘ng Fransiyadan O‘zbekistonga qaytgan edi. Yaqinlariga ko‘ra, u so‘nggi oylarda og‘ir ahvolda yotgan.
Ta’qib-tazyiqlar ostida O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan va Fransiyada boshpana topgan huquq faoli o‘zbek fuqaroligidan maxrum etilgan edi.
Islom Karimov vafotidan so‘ng O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga viza so‘rab qayta-qayta murojaat qilganidan so‘ng Tolib Yoqubovga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi uning sayyohlik hujjatiga bir yillik o‘zbek vizasi qo‘yib bergan edi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Tolib Yoqubov 1941 yilda Jizzax shahrida dunyoga kelgan.
Fizika-matematika fanlari nomzodi. Olti farzandning otasi.
1964 yildan 1992 yil oxiriga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutida o‘qituvchilik qilgan.
Tolib Yoqubov 1980-yillar oxirida "Birlik" Xalq harakatining faol a’zosi bo‘lgan.
U 1996 yilda "O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati" bosh kotibi va 2001 yilda esa ayni jamiyatning raisi etib saylanadi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
U O‘zbekiston huquq tartiboti organlarining davomli bosimi ostida faoliyat yuritishga majbur bo‘lganini aytib kelgan.
Tolib Yoqubov 2006 yil iyulida "soxta" jinoyat ishi ochilishi ortidan mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди