Isroilda yuk mashinasi bekatdagi odamlarni bosib ketdi

Isroilning Tel-Aviv shahri yaqinida 27-oktyabr kuni yuk mashinasi avtobus bekatida turgan odamlarni bosib ketgan. Hodisa chog‘ida qirqqa yaqin kishi turli darajada tan jarohati olgan, ulardan ayrimlarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Jabrlanuvchilardan bir necha nafari kasalxonaga yetkazilgan, ulardan biri o‘sha yerda vafot etgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchilar orasida qariyalar ko‘p bo‘lgan: yuk mashinasi avtobus bekati va u yerdagi nafaqaxo‘rlarni muzeyga ekskursiyaga olib ketayotgan avtobusga borib urilgani aytilmoqda.

Politsiya vakillari “tergov harakatlarining barchasi buning terror xuruji bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda olib borilayotgan”ini bildirishgan.

Xavfsizlik tuzilmalari xodimlari yuk mashinasi borib urilgan bekat harbiy baza yaqinida joylashganini qayd etishgan.

Isroil nashrlarining xabar qilishicha, yuk mashinasi haydovchisi voqea joyiga hali politsiya kelmasidan turib u yerdagi yonida quroli bor fuqarolar tomonidan otib tashlangan.