Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:30

Telegram sud orqali terrorchilikda ayblanganlarga oid shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy xizmatlarga berishga rozi bo‘ldi


 Telegram
Telegram

Rossiyada taqiqlangan Telegram messenjeri xizmatning yangi qoidalarini e’lon qilib, terrorchilikda ayblanayotgan foydalanuvchilarning ayrim ma’lumotlari hukumat idoralariga taqdim etilishi mumkinligi bildirdi. Yangi tartibga ko‘ra, buning uchun tegishli sud qarori bo‘lmog‘i lozim.

Telegramning yangilangan tartib-qoidalariga ko‘ra, terrorchilikda ayblanayotgan messenjer foydalanuvchisiga tegishli bo‘lgan IP-manzil va telefon raqam maxsus xizmatlarga taqdim etilishi mumkin.

“Agarda Telegram sizning terrorchilikda ayblanayotganingiz borasida sud qarorini qo‘liga olsa, biz sizga tegishli bo‘lgan IP-manzil va telefon raqamni tegishli maxsus xizmatlarga ochiqlab berishimiz mumkin. Hozirga qadar bunday holatlar kuzatilmagan. Agarda bunday hodisa ro‘y bersa, bu haqda ma’lumot https://t.me/transparency kanalidagi yarim yilda bir chop etiladigan maxsus hisobotda aks ettiriladi”, deyiladi messenjerning maxfiylik siyosatiga kiritilgan yangi tahrirda.

“Agora” Xalqaro huquq himoyasi guruhi rahbari Pavel Chikov bu o‘zgartishlar Telegramning hukumat bilan emas, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bilan olib borgan tortishuvlari natijasi ekanini ta’kidladi.

“Menimcha bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qaror. Biz Telegram vakillari sifatida hukumatning terrorchilikka qarshi kurashish huquqi va vazifalarini hech qachon inkor etmaganmiz, aksincha, ma’lumotni ochiqlab berish uchun sud so‘rovnomasi kabi masala yechimining madaniy yo‘lini taklif etganmiz. Biz yozishuvlarni emas, faqatgina IP-manzil va telefon raqamlarini taklif eta olamiz. Milliy xavfsizlik manfaatlari va shaxsiy hayot daxlsizligi o‘rtasida muvozanat o‘rnatilishi kerak. Telegram bunday variantni taklif etdi. FSB hech narsa taklif etgani yo‘q, dedi “Kod Durova” nashriga Pavel Chikov.

Ilgariroq Telegram rahbariyati “uchinchi shaxslar, jumladan hukumatga shaxsiy ma’lumotlar berilmasligi” to‘g‘risida bayonot bergandi. Yangi tahrirda bu so‘zlar olib tashlandi.​

Kompaniya asoschisi Pavel Durov messenjerining yangi tartiblariga izoh berib o‘tdi.

- Bungacha bizda haqiqiy maxfiylik siyosati tuzilmagan edi, yoz davomida biz GDPR tufayli uni tuzishga majbur bo‘ldik, dedi Pavel Durov “Nastoyashchee Vremya» kanaliga.

Telegramning yangi tartiblari e’lon qilinishidan bir kun o‘tib Pavel Durov hukumat vakillariga terrorchilikda ayblanayotganlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish Rossiyaga tegishli emasligini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram Rossiyada “qonun doirasidan tashqarida” qolmoqda va shu bois kompaniya “rus maxfiy xizmatlaridan biror murojaatlarni ko‘rib chiqmaydi”.

Yevropa Hamdo‘stligining General Data Protection Regulation (GDPR) ma’lumotlarni himoya qilish qonuni 2018 yilning 25 mayida kuchga kirdi.

Error rendering VK.

- Hozircha biz hukumat bilan terrorchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishganimiz yo‘q, ammo nazariy jihatdan buni amalga oshirish – platformamizning terrorchilar tomonidan foydalanishga chek qo‘yishning yana bir yo‘lidir, dedi Durov.

2018 yilning aprel oyida Moskvaning Taganskiy tuman sudi Pavel Durov tomonidan 2013 yilda asos solingan va tez orada ommalashgan Telegram messenjerini FSBga shifrlash kalitlarini bermagani uchun blok qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.

16 aprel kuni Roskomnadzor Telegramga bo‘lgan taqiq to‘g‘risida barcha aloqa operatorlariga xabar yubordi.

Bir necha kun davomida Amazon, Google, Sberbank va boshqa yirik kompaniyalar va tashkilotlarga qarashli IP-manzillar blok ostiga tushdi, qator xizmatlar ishida texnik nosozliklar kelib chiqdi.

Hozirga qadar Telegramga qarashli bo‘lgan 3,8 million IP-manzillar blokirovka ostida qolmoqda.

Joriy yilning 14 iyun kuni Moskva shahar sudi Telegram messenjerining apellyatsiya arizasini rad etdi va qarorni o‘z kuchida qoldirgan edi.

Mediascope kompaniyasi olib borgan mustaqil tadqiqotga ko‘ra, Pavel Durov messenjeri Rossiya hukumati bilan olib borayotgan tortishuvi davomida Rossiya auditoriyasining beshdan bir qismini yo‘qotdi.

Boshqa tomondan, mutaxassislar Telegramning shifrlash kalitlarini FSBga taqdim etishdan bosh tortishi oqibatida ko‘plab mamlakatlarda unga bo‘lgan “ishonch reytingi” yuqorilab ketganini gapirmoqda.

XS
SM
MD
LG