Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:30

4 yashar qiz va uning 8 yashar akasi IIBda so‘roq qilindi. Qo‘rqib ketgan bola nevrozga chalindi


Toshkent viloyat, Bo‘stonliq tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchilari 4 yashar qiz va uning 8 yashar akasini ota-onasi va pedagog ishtirokisiz Ichki ishlar bo‘limiga olib borib so‘roq qilgan.

Bolalarning onasi Nargiza Qurbonovaning Ozodlikka aytishicha, bu voqea 2018 yilning 23 sentabrida bo‘lgan va natijada 8 yashar o‘g‘li qattiq qo‘rquvdan ruhiy jarohat olib, nevrozga chalingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati 21 fevral kuni Ozodlik so‘roviga javoban Sunnat Qurbonovning (Bolalarning otasi) arizasi yuzasidan xozirda Toshkent viloyat Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.​

Bosh prokuratura matbuot xizmati, shuningdek, Qurbonovaning o‘tgan yil noyabr oyidagi shikoyati ko‘rib chiqilgani va ​Bo‘stonliq tuman Ichki ishlar bo‘limining uch nafar tergovchisiga bolalar bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasiga zid ravishda suhbat o‘tkazgani uchun “Tanbeh” intizomiy jazosi qo‘llanilganini bildirdi. ​

Nargiza Qurbonovaning Ozodlikka aytishicha, 2018 yilning 23 sentabrida Bo‘stonliq tuman IIBning fuqarolik kiyimidagi ikki tergovchisi uyiga kelgan.

Tergovchilar tumandagi hususiy shirkatga qarashli olma bog‘ida daraxtlar payxon qilinayotgani va mevalar so‘roqsiz terib olinayotgani borasidagi shikoyatlar bo‘yicha kelganini aytgan.

- Erim va meni hech qandaí dalil-isbotsiz olma o'g‘irlaganlikda ayblab, IIB bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lishdi. Biz dalil-isbot so‘raganimizda ular isbotsiz ish qilishini aytishdi. Va uyimning oldida o‘ynayotgan 8 yoshli o‘g‘lim va 4 yoshli qizimni mendan beso‘roq olib ketib, hech qanaqa pedagogsiz, qo‘rqitib so‘roq qilishgan, "otangni qamayman, o‘zingni qamayman", deb qo‘rqitishgan, bolam hammasini o‘sha kuni aytib berdi, - dedi Qurbonova.

"O‘g‘lim melisani ko‘rsa ishtoniga qo‘yvoradigan bo‘lib qoldi"

Nargiza Qurbonovaning iddaosicha, qizi va o‘g‘li militsiya bo‘limida qo‘rqitilgan va oqibatda 8 yoshli o‘g‘li ruhiy jarohat olgan.

- Qizimning ahvoli yaxshi, lekin o‘g‘lim nevroz bo‘lib qoldi. O‘sha tergov qilingan kun kechasi uxlay olmay chiqdi. Melisani ko‘rsa, qo‘rqib qoladigan, ayrim paytlari ishtoniga qo‘yvoradigan bo‘lib qoldi. O‘qituvchisi ham shu o‘zgarishlarni payqagan. Shundan so‘ng, o‘zimizning tuman kasalxonasidagi bolalar vrachiga olib borsam, bolang qo‘rqib qolgan, nevropatologga olib bor dedi. Nevropatolog bolang nevroz bo‘lgan, deb diagnoz qo‘yib berdi, - dedi Qurbonova.

Nevroz asab tizimining funksional kasalligi bo‘lib, odamga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar ta’sirida rivojlanadi.

Nargiza Qurbonova o‘g‘lining ruhiy jarohat olganini militsiya bo‘limida qo‘rqitilgani bilan bog‘lamoqda va nevrozga duchor bo‘lgani haqidagi vrach xulosasini Ozodlikka taqdim etdi.

Nargiza Qurbonovaning iddaosicha, qizi va o‘g‘li militsiya bo‘limida qo‘rqitilgan va oqibatda 8 yoshli o‘g‘li ruhiy jarohat olgan.
Nargiza Qurbonovaning iddaosicha, qizi va o‘g‘li militsiya bo‘limida qo‘rqitilgan va oqibatda 8 yoshli o‘g‘li ruhiy jarohat olgan.

Nargiza Qurbonova o‘tgan oy vrachlar bolasining nevrozga chalinganini tasdiqlaganidan so‘ng tuman prokuraturasiga qayta shikoyat kiritganini aytdi.

- Men bu ishni oxirigacha yetkazaman, mening bolam endi nevroz bo‘lib qolaveradimi? - der ekan, Qurbonova Ozodlikka murojaat qilishini ham shu ahdi bilan izohladi.

Tergovchilarga "Tanbeh" berildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Ozodlik so‘roviga javoban 21 fevral kungi bildiruvida Qurbonovaning tergovchilar ustidan o‘tgan yil noyabr oyidagi shikoyati ko‘rib chiqilgani va ​Bo‘stonliq tuman Ichki ishlar bo‘limining uch nafar tergovchisiga bolalar bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasiga zid ravishda suhbat o‘tkazgani uchun intizomiy jazo qo‘llanilganini ma’lum qildi. ​

"Tumani IIB JQB tezkor vakili leytenant I.T. hamda tuman IIB HPG profilaktika inspektori leytenant M.R.A.lar JPKning 121-moddasi talablari asosida voyaga yetmagan R.B. bilan katta yoshdagi yaqin qarindoshlari yoki pedagog ishtirokida suhbat o‘tkazmaganligi sababli, ularga nisbatan “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilingan", - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

Mazkur bildiruvga ko‘ra, voqea Bo‘stonliq IIB xodimlari sentabr oyida tumandagi “Agro Tash Group” hususiy shirkatiga qarashli bo‘lgan yer maydonlarida intensiv ravishda yetishtirilayotgan olma bog‘i atrofida yashaydigan xalq bilan olma bog‘ini payxon qilmaslik, ko‘chatlar va olma daraxtlariga shikast yetkazmaslik, yetishtirilayotgan mevalarni so‘roqsiz terib ketilishini hamda bog‘ni payhon qilinishini oldini olish maqsadida tushuntirish va profilaktik ishlarini amalga oshirish payti ro‘y bergan.

Nargiza Qurbonovaning aytishicha, IIB xodimlari uni va erini xususiy shirkatga qarashli bog‘dan olma o‘g‘irlab sotishda ayblagan.

- To‘g‘ri, oldin men bozor qilganman, lekin mana uch yil bo‘lyapti, sog‘ligim to‘g‘ri kelmayapti, bozor qilmayman. Bular “sen olma o‘g‘irlab sotasan, ering ham olma o‘g‘irlab sotadi”, deb bizni militsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lishdi. Dalil-isbot so‘ragandim, olib ketisholmadi. Chunki, olma o‘g‘irlamaganman. Keyin, ko‘chada o‘ynab yurgan bolalarimni olib ketibdi. “Bolalarimga nimaga tegdilaring” desam “bizani haqqimiz bor”, deydi. Shundan so‘ng biz bu haqda prokuratura “Ishonch” telefoniga shikoyat qildik, - dedi Nargiza Qurbonova.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Nargiza Qurbonova o‘tgan yil 10 oktabrda o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida, tuman IIBning Isroil va Muhammad ismli xodimlari tomonidan voyaga yetmagan farzandi bilan olib borilgan profilaktik suhbat yuzasidan hech qanday da’vosi yo‘qligini ham ma’lum qilgan.

Qurbonova Ozodlik bilan suhbatda buni tasdiqladi.

- Man da’voyim yo‘qligini aytganman, to‘g‘ri, lekin bosim ostida bo‘lgan bu. Ular telefon qilaverdi, qilaverdi, “arizangni qaytarib ol”, deb. Uyimizga kelishdi, “foydasi yo‘q, hech narsa qo‘llaringdan kelmaydi, xohlasak bolangni yana tergov qilamiz”, deganidan so‘ng qo‘rqib shunday yozib berganman. Aslida ularga da’voyim bor, - dedi Nargiza Qurbonova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:54 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Sunnat Qurbonovning arizasi yuzasidan xozirda Toshkent viloyat Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

“Tekshiruv jarayonida IIB xodimlari harakatlarida qonun buzilishi alomatlari mavjud yoki mavjud emasligiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi", - deyiladi Bosh prokutarura matbuot bildiruvida.

Nargiza Qurbonova Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lini qonunga zid ravishda so‘roq qilgan va unga ruhiy jarohat yetkazgan tergovchilarga qo‘llanilgan "Tanbeh" jazosidan norozi ekanini aytdi.

- Bular bitta "Tanbeh" bilan qutilishyapti, lekin bundaylar Ichki ishlar tizimida ishlamasligi kerak, - deydi Qurbonova.

O‘zbek qonunchiligi nima deydi?

O‘zbekistonda jinoyat guvohlari yoki jabrlanuvchilar bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishlari yoki ruhan qiynalishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus pedagog ishtirokida so‘roq qilinishi kerak.

O‘zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksining 231 - moddasida aytilishicha, o‘n olti yoshga to‘lmagan guvohlarga ish bo‘yicha o‘zlari bilgan barcha ma’lumotlarni ro‘y-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiriladi, biroq ular bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi.

O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan guvohlarni so‘roq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa, o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur bo‘lgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin.

Kodeksda qayd etilishicha, jinoyat guvohlari va jabrlanuvchilar bo‘lgan bolalarni so‘roq qilishda ishtirok etgan tergovchilar esa bolalarga do‘stona munosabatda bo‘lishlari shart.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi o‘tgan yili dekabr oyida ayrim shahar va tuman IIBlarida UNICEF tashkiloti bilan hamkorlikda tergov jarayoni davrida bolalarni himoya qilish muhitini yaratish, xususan, ruhiy bosimni kamaytirish maqsadida, bolalarni so‘roq qilish xonalari tashkil etgan edi.

XS
SM
MD
LG