Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:31

So‘nggi 9 oy ichida Rossiyada bitta ham Ravon sotilmadi


Ravon R2 - Rossiyada eng ommabop avtomobillardan biri edi
Ravon R2 - Rossiyada eng ommabop avtomobillardan biri edi

Rossiyada to‘qqiz oydan beri O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon avtomobillari umuman sotilmadi. Ravon​ dilerlik markazi vakillari bu holatni GM Uzbekistan va Rossiyadagi dilerlik markazi o‘rtasida narx masalasida mavjud kelishmovchilik ortidan ta’minotning to‘xtab qolgani bilan izohladi.

Yevropa biznes uyushmasi hisoboti e’lon qilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, 2018 yil fevralida Rossiyada Ravon rusumidagi 1,5 mingga yaqin avtomobil sotilgan bo‘lsa¸ 2019 yil fevralida bu ko‘rsatkich 0 ga teng bo‘lgan.

Savdoning bu darajada pasayib ketishi Rossiyadagi dilerlik markazlarida Ravon avtomobillarining yo‘qligi bilan izohlanmoqda.

Ravon brendining Rossiyadagi bosh dilerlik markazi vakilasi Ozodlik muxbiriga 2018 yil o‘rtalaridan Rossiyaga o‘zbek avtomobillari eksporti to‘xtatilganini bildirdi.

U Ravon rusumidagi avtomobillarning Rossiyada sotuvga chiqmayotganini narx masalasidagi kelishmovchiliklar bilan izohladi.

- Avtomobillar yarim yildan oshdi keltirilmayotganiga va bilishimcha, yaqin orada sotuvga chiqmaydi. Narxlar siyosati qayta ko‘rib chiqilayotgani bois. Narxlar bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan kelisha olmayotganimiz sababli mashinalarni sotuvga olib kelmayapmiz. Lekin muzokaralar davom etayapti. May oylarida kelib qolishi mumkinligini inkor etmayman. Chunki Ravon narx va sifat jihatidan rossiyaliklar uchun juda qulay avtomobil va u doimo yaxshi sotib kelingan. O‘zbekiston Ravon markalarini yig‘ishni davom etayapti, faqat Rossiyadan boshqa mamlakatlarga jo‘natayapti, dedi dilerlik markazi rasmiy vakilasi.

2018 yilning avgustida GM Uzbekistan kompaniyasi o‘z rasmiy saytida avtomobillarining yangi narxda sotilishi to‘g‘risida xabar bergan edi.

“Olib borilgan tahlil natijasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ayrim modellari narxini o‘rtacha 7,7 foizga oshirish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyilgan edi rasmiy xabarnomada.

2018 yilgacha Rossiya o‘zbek avtomobillarining asosiy importchisi bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG