Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:29

Sudya tadbirkor foydasiga chiqargan o‘z qarorini amaldor foydasiga bekor qildi


Namangan shahar Ma’muriy sudi raisi 27 dekabrda mahalliy tadbirkor foydasiga chiqargan hukmini oradan ikki oy o‘tib o‘zi qayta ko‘rib chiqdi va o‘zi bekor qildi.

Dastlabki qarorga binoan, shahar hokimligi mulozimi tadbirkorga yetkazgan moliyaviy zararni qoplashi, davlatga esa jarima to‘lashi lozim edi.

Davlat mulozimi sudning 25 fevralda chiqargan ajrimiga binoan 27 dekabrdagi qarorda belgilangan jazolardan ozod qilingan.

​(Hujjatlarni to‘liq ko‘rish uchun tepadagi FOTOGALEREYaga bosing)

Namangan shahar Ma’muriy sudi raisi J.Husenovning biri ikkinchisini rad etuvchi qarorlari to‘g‘risida Ozodlikka shu qarorlar figuranti, namanganlik 23 yashar tadbirkor Saydullo Ergashevning shikoyatini o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldi.

26 mart kuni Ozodlik o‘z qarorini o‘zi o‘zgartirgan hakamning o‘zini topishga muvaffaq bo‘la olmadi.

"Hokimlik mulozimidan 25 000 000 so‘mimni undirib ololmayapman"

Tadbirkor Saydullo Ergashev Ozodlikka shikoyat qilarkan, tilga olingan sudning 2019 yil, 27 dekabrdagi qarori hanuz bajarilmayotgani, ya’ni Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasining Namangan shahar hokimligi huzuridagi bo‘limi bosh mutaxassisi Luqmon Tojiboevdan 25 000 000 so‘m undirib berilmayotganidan shikoyat qildi.

27 dekabrdagi qarorda aytilishicha, hokimlik mulozimi Luqmon Tojiboev 2018 yilning 11 noyabrida shaharning Sardoba bozorida savdo qilayotgan Saydullo Ergashevning tovari – 25 000 000 so‘mlik polietilenni musodara qilgan va chiqindixonaga olib borib, yoqib yuborgan.

Sud qarori: mulozim qilmishidan pushaymonligini tan oldi

Sudning 27 dekabrdagi qarorida Luqmon Tojiboev 11 noyabr kuni Sardoba bozoridagi “harakatlarini hech bir hujjatsiz amalga oshirganini, tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganini tan olishini, hozirda qilmishidan pushaymon ekanligini bildirgani" qayd etilgan.

Sudning qaroriga binoan Luqmon Tojiboev eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida davlatga jarima to‘lashi hamda tadbirkor Saydillo Ergashev ko‘rgan zararni qoplashi, unga 25 000 000 so‘m to‘lashi lozim edi.

MIB qarzni undirishni boshlagan va to‘xtatgan

23 yashar tadbirkor Ozodlikka shu qaror bajarilmayotganidan shikoyat qildi va biz Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi bilan bog‘landik.

Bo‘lim mulozimi bunday dedi:

“Bu ish bo‘yicha ijro hujjati bizga 7 fevralda kelib tushgan. Tadbirkor Ergashev Saydillo Xayrullo o‘g‘lining foydasiga ma’muriy huquqbuzar Tojiboev Luqmon No‘monovichdan 25 000 000 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ish. Biz ijro hujjati bo‘yicha tegishli harakatlarni olib borganmiz, qarzdorni ogohlantirganmiz. 28 fevralda esa bizga sudning yangi ajrimi taqdim qilindi. Yangi ochilgan holat bo‘yicha ish qayta ko‘rib chiqilgani va 27 dekabrdagi sud qarori bekor qilingani to‘g‘risida ajrim qabul qilingan ekan. Shuning uchun qonunda belgilab qo‘yilgan asoslarga binoan biz Tojiboev bo‘yicha ijro ishini tugatganmiz”.

MIB vakilidan bu kutilmagan yangilikni eshitgach, tadbirkor bilan yana bog‘landik va u Ozodlikka sudning 25 fevraldagi ajrimi fotonusxasini jo‘natdi.

Bitta sudyaning Bir ish bo‘yicha Ikkinchi qarori

25 fevraldagi ajrim matnida 2018 yilning 11 noyabrida shaharning Sardoba bozorida sodir bo‘lgan voqea 27 dekabrdagi qaror matnidagidan mutlaqo farqli talqin etilgan.

Luqmon Tojiboevning 27 dekabrdagi qarorni “yangi ochilgan holatlar bo‘yicha” qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqan sud endi barcha aybni tadbirkorga yuklagan.

Ajrimda tadbirkorga qo‘yilgan ayblardan biri uning tovari musodara qilinayotgan paytda “tovar meniki”, deb aytmaganidir.

Saydullo Ergashevdan 11 noyabr kungi voqeani bir boshdan aytib berishni so‘radik.

Tadbirkorning aytishicha, o‘sha kuni uning tovarini “musodara qilish operatsiyasini” shaxsan shahar hokimi boshqargan, Ergashev tovari musodara qilinishiga qarshilik qilavergach, hokim ichki ishlar xodimlariga uni oborib qamab qo‘yishni buyurgan. Buyruq ijro etilgan: Ergashev melisaxonada kamida 2 soat ushlab turilgan. Qo‘yib yuborilgach, bozorga qaytib kelgan va tovari olib ketilganini bilgan. 11 noyabr kungi voqealarni Saydillo Ergashev sudyaga ham bugun Ozodlikka aytib berganday aytib bergan.

Сайдилло Эргашевнинг товари қандай мусодара қилингани тўғрисида айтганлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

2018 yil, 27 dekabrdagi qarorni ham, uni rad etuvchi 2019 yil, 25 fevraldagi ajrimni ham bir kishi - Namangan shahar Ma’muriy sudi raisi J. Husenov qabul qilgan.

Fotonusxalarini e’lon qilayotganimiz bu ikki hujjatning haqiqiyligiga MIB vakili bilan muloqotdan so‘ng hech qanday shubha qolmadi. Shunday bo‘lsada, sudya Husenov bilan bog‘lanishga kun davomida urindik, lekin bog‘lana olmadik.

Tadbirkor ustidan g‘alaba qilgan Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Luqmon Tojiboevni ham ish joyidan topib bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG