Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:27

Madaniyat vazirligi reperlarni qo‘llab, ular ijodini rivojlantirmoqchi


Madaniyat vazirligidagi repchilar yig‘ilishi
Madaniyat vazirligidagi repchilar yig‘ilishi

O‘zbekiston madaniyat vazirligi 14 may kuni “Rep va shu kabi yo‘nalishlarda milliy qadriyatlar uyg‘unligi” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvga reperlar, san’atshunoslar taklif qilindi.

Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jaevaning Ozodlikka bildirishicha¸ “rep yo‘nalishida ijod qilayotgan ko‘pchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlarga barham berish” maqsadida bu uchrashuv o‘tkazilgan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu janrni rivojlantirish yo‘lidagi ilk qadam sifatida Toshkentda rep festivali o‘tkaziladi:

- Joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida rep va didjeylarning Xalqaro festivalini o‘tkazish belgilandi. Maqsad rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar o‘tkazish, milliy formatdagi original qo‘shiqlar yaratishlariga ko‘maklashish. Chunki yoshlar maqom eshitmaydi. Yoshlar rep¸ rok va pop qo‘shiqlarni eshitadi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbarining yana aytishicha¸ ijtimoiy tarmoqlarda rep yo‘nalishi bo‘yicha rep-leybl, Telegram-bot ochish va ularni yangiliklar bilan to‘ldirib borish ham vazirlik rejasiga kiritilgan:

- Bilasizmi, yetakchi nashrlarning aksariyat muxarrirlari yoshi katta odamlar. Ularning ko‘pchiligi rep yoki jaz musiqiy yo‘nalishini tushunmaydi va sevmaydi. Shu bois ko‘pincha bu yo‘nalishlar haqida salbiy maqola yoziladi. Bu to‘g‘ri emas. Bu kemtikni to‘ldirish uchun rep janrini matbuotda targ‘ib qilish va shu janrdagi yaxshi ijrolarni klip qilib suratga olishni yo‘lga qo‘yamiz.

Afriqoning nazmiy ritmlari

RAP – bu “Rhythmical African poetry”, ya’ni “Ritmli Afrika poeziyasi ” so‘zlarining qisqartma shakli hisoblanadi.

O‘zbekistonning yaqin tarixida tashkil bo‘lgan rep-bandlardan biri bo‘lgan Al -Vakil guruhi artistlari qotillikda ayblanib, jazoga tortilgani ortidan guruh tarqalib ketgani aytiladi.

DADO rep jamoasi rahbari Rustam Madumarov esa uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblanib jazo o‘tamoqda.

Dunyo tajribasida rep o‘qiydigan san’atkorlarning kriminal dunyoga yaqin bo‘lishi odatiy hol sifatida ko‘riladi.

O‘zini rep qo‘shiqlari bo‘yicha musiqashunos deb tanishtirgan 30 yashar Timb Shredz (Temur Ro‘zmetov) Ozodlik bilan suhbatda o‘zbekcha rep yaratish samarasiga shubha bildirdi:

- Aholining ko‘pchiligi repga skeptik qaraydi. So‘rov qilinsa kamgina odam repni tanlaydi. Chunki ko‘pchilik nazarida rep negativ. Misol uchun FB dagi o‘zbek yuzerlarining G‘arb madaniyati haqidagi fikri asosan negativ. Rep bu 100% G‘arb madaniyati. Men doimo rep, RNB,Xip xop eshitaman¸ prakticheski har kuni. Lekin bironta o‘zbek repini muntazam eshitmayman. Chunki ular rep deb aytayotgan narsa rep emas. Amerikanskiy rep eshitib nimani tushunasan degan savol bo‘lishi mumkin. Men uni his qilaman. Ular o‘zlari yaratadi. Hech kimdan o‘g‘irlamaydi. Jonli ovoz va asosiysi odamga nechukdir motivatsiya baradigan atmosfera yaratadi. 50 cent, Eminem, Snoop dogg,Wizz khalifa va xokazo. O‘zbek repda bu ximiya yo‘q, hatto rus reperlarini xam professional deb aytish qiyin¸ deydi rep ishqibozi.

Temur Ro‘zmetovning ishonishicha “astoydil harakat qilinsagina O‘zbekistonda rep guruh yaratsa bo‘ladi”:

- Xulosa oddiy - rep Amerikadan boshqa davlatlar uchun mutlaqo begona madaniyat. Nafaqat o‘zbek, balki ruslar uchun ham. Chunki haqiqiy rep faqat AQShda yaralgan (west coast) . Lekin shu bilan birga O‘zbekistonda rivojlantirsa bo‘ladi. Fakat haqiqiy talantli yigitlarni topib kreativ o‘zbek rep yaratsa bo‘ladi.

Haqiqat izlayotgan o‘zbek repchilari

O‘zbekiston telekanallari va rasmiy sahnalarida bu repchilar ijodi deyarli taqdim qilinmaydi.

O‘zbekistondagi telekanallardan birida ishlaydigan va ismi aytilishini istamagan musiqa muharririga ko‘ra, bu reperlar ijro etayotgan matnlarda so‘kish so‘zlar bisyor.

Bundan tashqari suhbatdosh nazarida bu rep qo‘shiqlar Toshkent o‘zbeklari va Samarqanddagi tojiklar shevasida aytilib, adabiy til normalaridan juda uzoq.

Ozodlik muxbiri rep qo‘shiqlarida O‘zbekiston hayotining rasmiy matbuotda yoritilmaydigan jihatlari tanqidiy ko‘z qarashda tarannum qilinayotganligini aniqladi.

Bu qo‘shiqlardan biri poraxo‘r domlalarga ataladi.

"Ey domla sen soqqa olaverib o‘zingni tuban ahvolga tushirding. Men pul bermaganim uchun sen menga ikki qo‘yding, bu insofdanmas" deb kuylanadi Youtube.com portalida mashxur bo‘lgan rep ashulada:

Talabalar eshitinglar ikki qo‘yishdi,

Bu domlalar pul olaman deb prosto yeyishdi.

Ho‘v domlalar eslaringni yeb qo‘ydinglar,

O‘zinglarni o‘zinglar soqqa bilan so‘ydinglar.

Repchilar Toshkentlik kirakashlar muammosini ham qo‘shiqqa solishgan:

Bizlarga farqi yo‘q, farqi yo‘q.

O‘zbek kirakashlarining tengi yo‘q, tengi yo‘q.

Yo‘l yopiqmi, svetofor buzuqmi,

O‘ta olmaydigan joylardan ham o‘tib ketaveramiz.

Gailarga bitta signal beramiz, qo‘lni ko‘tarib qo‘yamiz

Biz taksichilarni trassada xurmati baland. Hey...

Shu bilan birga o‘zbek reperlari ijrosida haqiqat va adolatni izlashga intilish bor:

Atrofni o‘ragan qora bulut zulmat,

Razilliklarga endi qila olmayman toqat.

Hammada savol tug‘iladi oxir oqibat

Kim javob bera oladi, qayda haqiqat?

XS
SM
MD
LG