Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:19

Rossiyalik rejissyor "muzlab qolgan" Sovet davri haqida film oldi (VIDEO)


Bir vaqtlar bu yerlarda Stalin davrida qamalib, surgun qilinganlar yashagan baraklar bo‘lgan. Keyinchalik Stalinning mehnat lagerlari tugatilgan, ammo sobiq mahbuslar va ularning qo‘riqchilari soqchilar bu yerlarda qolib ketgan. Keyinchalik ularning saflariga komsomol a’zolari qo‘shilgan.

Arktika, Kola yarim oroli, Murmansk viloyati, Apatiti shahri. Xrushchev va Brejnev hukmronligi davrida ushbu shaharning aholisi o‘sib borgan, ammo 30 yildirki buning teskarisi kuzatilmoqda – odamlar ushbu go‘zal, ammo g‘amnok va sovuq joylardan qochmoqda.

Kseniya Oxapkina
Kseniya Oxapkina

Kseniya Oxapkinaning "Bessmertniy" hujjatli filmi Rossiyada 2019 yilning eng ko‘p muhokama qilinayotgan filmidir.

Film Rigadagi “Artdokfest” festivalida bosh mukofotga sazovor bo‘ldi, Karlovi Vari kinofestivalida hujjatli filmlar yo‘nalishida g‘olib chiqdi, Estoniya filmni “Oskar” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi.

“O‘lmas” filmi Estoniya va Latviya hamkorlikda tayyorlagan loyiha bo‘lib, Apatitida suratga olingan.

Uning bosh qahramonlari – “Yunarmiya”, ya’ni “Yoshlar armiyasi” vatanparvar harakatiga a’zo hamda raqs to‘garagiga qatnashadigan bolalar.

Bu bolalar SSSR parchalanib ketganidan keyin 15-20 yil o‘tgach tug‘ilgan, ammo hanuz sovet dunyosida yashamoqda.

Ularni Brejnev-Apdropov davridagi pionerlar o‘laroq tarbiyalamoqdalar. Bu yerlarda qizlar akkordeon kuyiga raqsga tushadi, o‘g‘il bolalar esa dushmanni o‘ldirishni o‘rganadilar.

Putin komsomollari – “Yunarmiya” murabbiylari esa savodsiz askarlar bo‘lib, ular bolalarga kamikadze uchuvchi Nikolay Gastello kabi o‘z vatanlarini sevishni o‘rgatishadi.

O‘n yoshli bolalarga erkak kishi uchun eng oliy qismat Suriyada o‘z vatani uchun qurbon bo‘lishdir, deya uqtiriladi. Bu yerlar GULAG (Glavnoe upravlenie lagerey) davridagi rollar saqlanib qolgan pyesadek bo‘lib, mahbusning asosiy orzusi soqchi bo‘lib yetishishdir.

Ammo “O‘lmas” filmi shunchaki jurnalistik ish emas.

Kseniya Oxapkina sankt-peterburglik shoir Oleg Oxapkinning qizi bo‘lib, uning otasi qalamiga mansub asarlar sovet davrida faqat samizdatda nashr etilgan.

Oxapkinaning filmini qorong‘i bo‘shliq, quyosh yo‘qolib qolgan mamlakat haqidagi poema, deb atash mumkin.

Bu yerlarda quyosh nurlari o‘rnini sun’iy yorug‘lik manbalari egallagan.

Ulardan biri Putinning yosh armiyachilar faxriy vitrinasida yaltirab turgan oltin byustidir.

- Leninizm, Stalinizm – bir xil narsalar. Odamlarga shunaqa ramz kerak. Ularga shunaqa hukmron timsol kerak ekan, hech narsa o‘zgarmaydi. Men shuni filmda ko‘rib chiqishni xohladim: nega biz o‘z hayotimizda emas, balki bizga taqdim etilgan sharoitlar belgilagan hayotda yashaymiz? Agar biz o‘z tabiatimizdan kelib chiqib yashaganimizda, bu dunyo boshqacha bo‘lardi, chunki har kimning tabiati o‘zgacha, - deydi Oxapkina.

- Film ko‘p qatlamli. Men kosmos haqida film suratga olishga qiziqib qoldim. Ushbu voqeani afsona, vaqt yoki o‘lim mavjud bo‘lmagan ertak kontekstida ko‘rdim. Bu kontekstni ko‘pchilik ko‘rmaydi. Aslida, albatta, ular Rossiyaning agressiyasi haqida, Putin haqida o‘ylashadi. Ammo filmni har xil talqin qilish mumkin. O‘smirlar haqidagi film sifatida; gender munosabatlar to‘g‘risidagi film sifatida, aniqrog‘i, ularning yo‘qligi haqidagi film sifatida; kosmos haqidagi film sifatida; sanoat haqidagi film sifatida. Men filmda odamlar ekranda qayta jonlanuvchi ushbu voqelikda turli xil aloqalarni topishlariga erishishga harakat qildim.

XS
SM
MD
LG