Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:24

IIV formasidagi posbon uysiz odamni ko‘chada haqoratladi (VIDEO)


Videodan olingan surat
Videodan olingan surat

Surxondaryo viloyat, Termiz shahar, Mehrobod mahallasi turg‘uni xalq posboni Muzaffar Ulashovning ko‘chadagi fuqaroni qo‘pol haqoratlagani aks etgan videoni Ozodlikka taqdim qildi.

Videoda keksa erkak pasportini tekshirayotgan mahalla posboni uni ruscha, o‘zbekcha uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Ozodlik bilan suhbatda Muzaffar Ulashov "asablari qaqshagan holda" qizishib ketib, "bomj"ni haqorat qilganini tan oldi.

ИИВ формасидаги посбон уйсиз шахсни ҳақоратлади (ВИДЕО)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:03 0:00

Voqea 31 dekabr kuni Termiz shahrining Mehrobod mahallasida bo‘lib o‘tgan.

Ozodlikka yuborilgan videoda mahalla posboni Muzaffar Ulashovning keksa odamning pasportini tekshirayotgani aks etgan.

Posbon qo‘lida yashil rangdagi pasportini ushlab turgan shaxsga “men ko‘rishim kerakmi, day mne”, deganidan so‘ng, videoda ko‘rinmaydigan odam, “qo‘liga ber, qaytarib beradi, men kafilman”, deydi.

Kim ekanligini Ozodlik tasdiqlay olmagan shaxs pasportini posbon qo‘liga berganidan so‘ng, u unga qarab “pida...s”, deb so‘kinadi.

Bu so‘zni eshitgan keksa kishi posbonga,“hozir sen qaysi asosda meni haqorat qilding, hozir bu gaping uchun men seni o‘tirg‘izishim mumkin”, deb ogohlantirdi.

Biroq posbon haqorat qilishda davom etadi.

Video so‘ngida esa, posbon “menga qara hey, nimaga so‘kinayapsan, men senga hujjatimni ko‘rsatyapman, q...tig‘imga so‘kinayapsanmi”, deb do‘q uradi.

"Mehrobod" mahallasidagi jamoatchilik nazorat maskani
"Mehrobod" mahallasidagi jamoatchilik nazorat maskani

Mehrobod mahallasi posboni Muzaffar Ulashov Ozodlik bilan suhbatda bu keksa kishini “bomj”(uy joyi yo‘q odam) deb ta’riflab¸ uni haqorat qilganini tan oldi.

Men ham quyushqondan sal chiqib, jahlim kelib, bir narsalar deb gapirib yuboribman, buni tan olaman.


- 30 va 31 dekabr kunlari ham ishda bo‘lganman. Bizda bomjlar o‘g‘rilik qilayotgandi. O‘sha kuni u fuqaroni tekshirishdan oldin men boshqa vizovdan ham chiqib kelgan edim. Shunday asablarim qaqshab, kelsam uchta bomj bitta xonadondan chiqib kelayapti. Ular uch kishi edi. Setka-petka olib chiqib ketishayotgan edi. Videoda u narsa ko‘rinmagan. O‘ziyam ichib olgan edi. Ruschalab gapirayapti. Men ham quyushqondan sal chiqib, jahlim kelib, bir narsalar deb gapirib yuboribman, buni tan olaman.”

Muzaffar Ulashov bu video tarqalganidan keyin boshliqlaridan dakki olganini ham qo‘shimcha qildi.

"Mehrobod" mahallasi ichiga ham shlagbaumlar qo‘yilgan
"Mehrobod" mahallasi ichiga ham shlagbaumlar qo‘yilgan

Mehrobod mahallasining ismi sir qolishini so‘ragan faollaridan biri, xalq posbonlarining ichki ishlar tizimi nazoratiga o‘tkazilganidan so‘ng, ularning aholi bilan munosabati qo‘pollashganini ta’kidladi:

Hech kimga birovni tahqirlashga huquq berilmagan. Agar yuz foiz haq bo‘lsa ham


“Bizning mahalladan chegaragacha yana beshta mahalla bor. To‘g‘ri, bomjlar bor, lekin ularning hech kimga ozori yetmaydi. Hozir posbonlar ichki ishlarga o‘tgandan so‘ng nomi o‘zgardi. Profilaktika inspektorining yordamchisi bo‘ldi. Forma kiygandan keyin tamoman kekkayib, odamlar bilan osmondan turib muomala qilishni boshlashdi. Men ham videoni ko‘rdim. Juda qo‘pol muomalada bo‘lgan. Hech kimga birovni tahqirlashga huquq berilmagan. Agar 100 foiz haq bo‘lsa ham”.

Termiz shahar ichki ishlar bo‘limidan bu video va unga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlar yuzasidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik O‘zbekistonda ayrim davlat mulozimlarining o‘z xodimlari va oddiy fuqarolar bilan o‘ta qo‘pol muomala qilayotgani holatlarini muttasil yoritib kelmoqda.

Viloyat hokimlaridan tortib oddiy IIV mulozimlarining oddiy aholi va o‘z qo‘l ostidagilarga nisbatan muomalasida tez-tez kuzatilayotgan tahqirlash va haqoratlar aks etgan video va audiolar ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Bunday holatlar mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jamoatchilikka ko‘rsatilgan chiqishlarida ham bir necha bor keskin tanqid ostiga olingan.

Prezidentning bunday tanqid va ogohlantirishlariga qaramay¸ hozirgacha hokimiyat tizimining yuqori lavozimli so‘kong‘ich mulozimlari kechirim so‘rash bilan jazodan qutulib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG