Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:25

Bir necha o‘zbekistonlik o‘z ixtiyori bilan Uxanda qoldi


Uxan shahri, 2019 yilgi surat.
Uxan shahri, 2019 yilgi surat.

Xitoyning Uxan shahridan 84 nafar o‘zbekistonlikni olib uchgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviashirkati uchog‘i 5 fevralda Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

Ammo, Uxanda yana bir necha nafar o‘zbekistonlik o‘z ixtiyori bilan qoldi. Ularning aniq soni ma’lum emas.

Ketishni istamagan o‘zbekistonliklarga ko‘ra, Uxandagi koronavirus xavfi bilan bog‘liq vaziyat biroz yumshagan, shahar to‘la nazorat ostida.

Uxandagi Agrar universitetning oziq-ovqat biokimyosi bo‘yicha fan doktori, 28 yashar Farruxbek Rasulov o‘z ixtiyori bilan qolganlardan biri.

Farruxbek Rasulov, fan doktori
Farruxbek Rasulov, fan doktori

Farruxbek Rasulov O‘zbekistonga qaytmagani sabablarini shunday izohlaydi:

“Birinchidan, bu yerda vaziyat sekin-asta yumshab borayapti. Buni ko‘chalarda odamlarning ko‘payishidan va bir qancha ish joylari, davlat xizmatlari agentliklari, banklar, ba’zi restoran va oshxonalar qayta ishga tushganidan bilish mumkin. Lekin ichkarida ovqat yeyish mumkin emas, o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Ko‘chadagi avvalgi sukunat, bayram sababli edi.

Ikkinchidan, mening bu yerda ilmiy ishim bilan bog‘liq tajribalar har yili faqat bir marta namuna olish mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan bog‘liq. Agar bu yilgi ish tugatilmasa, bir yil yutqazdim deyavering.

Uchinchidan, hozir bu yerda kasallikka qarshi kurashish uchun eng kuchli mutaxassislar mavjud. Aynan Uxan shahrida. Yashab turgan joyimning atrofida deyarli odam kam, ancha xavfsiz hudud.

Farruxbek Rasulovning aytishicha, asosiy muammo odamlarni oddiy grippga ham vahima ko‘tarishi sababli kelib chiqqan:

Kecha stadionda futbol va basketbol o‘ynayotganlarni ham ko‘rdim.


“Xitoy ommaviy axborot vositalari hozirda bizda doimiy kuzatiladigan gripp va koronavirusni bir-biridan uy sharoitida farqlashga oid tushuntirishlar olib borishyapti, odamlarda bir hafta avvalgidek tushkunlik yo‘q. Kecha stadionda futbol va basketbol o‘ynayotganlarni ham ko‘rdim. Lekin Uxanda niqob tanqisligi bor. Oziq-ovqat tanqisligi yo narxlar qimmatlaganini sezmadim, boshida ozgina qimmatlagandi, yana joyiga tushdi”.

Farruxbek Rasulovga ko‘ra, O‘zbekiston konsulligi Uxandagi barcha vatandoshlarni charter reys borligi haqida ogohlantirgan:

“O‘zbekistonlik 84 vatandosh ketgan bo‘lsa, taxminan 3-4 tasi bu yerda qolgan. Bu yerda hamma ogohlantirildi. Hattoki Uxandan 200-300 km uzoqlikdagi boshqa universitetlardan bolalarni maxsus transportda olib kelishdi".

Uxanda ishlayotgan 19 yashar olmaliqlik Asadxon Abduqahhorovning aytishicha, u 5 fevral kuni dadasini Toshkentga uchadigan uchoqqa kuzatgan:

- Men dadam bilan birga Uxandagi parklardan birida ishlaymiz. Charter reys Toshkentdan kelganidan so‘ng, dadamni kuzatib o‘zim qoldim. Chunki, bu yerda qiladigan ishlarim bor. Vaziyat esa normal. Rossiya TVsida ko‘rsatayotganidek vahimali emas. To‘g‘ri, korxona va maktablar hozircha ko‘pi ishlamayapti, jumladan bizning idoramiz ham. Lekin hamma niqob taqib ko‘chalarda o‘z ishini qilib yuribdi. Oziq-ovqat taqchilligi yo‘q, barcha do‘konlar bo‘lmasa ham, uch-to‘rttasi ishlab turibdi. Yonimizdagi aptekada niqob yetarli. Vahima qilishga arzirli narsa yo‘q.

Уҳандаги ўзбекистонлик Асадхон Абдуқаҳҳоров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:09 0:00
Бевосита линк

Xitoyning Uxan shahridan uchgan Uzbekistan Airways aviashirkati uchog‘i yo‘lovchilar bilan 5 fevral kuni mahalliy vaqt 11:45 da Toshkent aeroportiga yetib keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Uchoqda 84 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Uxandan O‘zbekistonga qaytgan yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuborilishi kutilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, 4 fevral kuni 250 o‘zbekistonlik charter reys bilan Xitoydan Toshkentga uchib kelgan. O‘zbek rasmiylari kecha kelgan yo‘lovchilarda koronavirus aniqlanmaganini bildirganlar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan virusdan o‘lganlar soni 500 nafarga yaqinlashib qolgan, virusni yuqtirib olganlar soni esa 24 mingdan oshib ketgan.

XS
SM
MD
LG