Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:29

Koreyadagi o‘zbek ayoli: Odamlarning 80 foizi niqobda yuradi. Lekin men qo‘rqmayapman


Jizzaxlik ayolning aytishicha, ko‘chalar va ishxonalar muntazam dezinfeksiya qilinadi.
Jizzaxlik ayolning aytishicha, ko‘chalar va ishxonalar muntazam dezinfeksiya qilinadi.

Janubiy Koreyada yashayotgan jizzaxlik 45 yashar ayol OzodMikrofonga aytishicha, ko‘chada 80 foiz odam tibbiy niqob (maska)da yuradi.

Lekin u Internetda tarqalgan koronavirus bilan bog‘liq vahimali gap-so‘zlarga asos yo‘q deydi.

Ayolning aytishicha, o‘zi, eri va ikki o‘g‘li ishga boradi, ikki yashar o‘g‘li esa bog‘chaga borayapti.

Janubiy Koreyaga 15 yil avval turmushga chiqqan jizzaxlik 45 yashar ayol koronavirus keng tarqalgan Tegu shahri yaqinidagi shaharlardan birida yashaydi.

Ayol Ozodlik bilan suhbatda Internetda tarqalgan koronavirus bilan bog‘liq vahimalarga ishonmaslikni aytadi:

- Biz yashaydigan shahar virusning o‘chog‘i Tegu shahriga 1,5 soatlik yo‘l. Men Internetda o‘zbeklarning vahima qilganini ko‘rib, juda hafa bo‘lib ketdim, to‘g‘risi. Haqiqatan virus bor. Lekin hamma maskada yuribdi. Men o‘zim domda turaman. Ko‘p joylarga masalan, liftga kiradigan joylarga dezinfeksiyalaydigan dorilar qo‘ygan. Hayot davom etayapti. Uch o‘g‘lim bor, bittasi bog‘chaga boradi, ikkitasi ishlaydi. Erim bilan o‘zim ham ishlayman. Ishxonalar to‘la yopilmadi, 80 foizi ishlayapti. Xususiy bog‘chalar ishlayapti. Lekin katta bog‘chalar, maktablar vaqtinchalik ta’til berdi. Saunalar yopildi. Ayrim restoranlar ham yopildi.

Jizzaxlik ayol ko‘chada 80 foiz odam tibbiy niqobda yurishi, ishxonalar har kuni dezinfeksiyalanishi haqida ham gapirdi.

Bu haqda quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:


Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vatanga qaytishdan tiyilib turish tavsiya etildi

Koreya Respublikasi hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha yuqori tibbiy texnologiyalarning qo‘llanilayotgani hamda chet el fuqarolarining malakali bepul davolanishi kafolatlashi bois O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish fikridan to‘xtab turishni tavsiya etadi. Shu munosabat bilan fuqarolarga o‘z sog‘liqlarini asrash va virusni tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Koreya hukumatining talablariga rioya qilish tavsiya etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot kotibining Telegram-kanalida tarqatgan ma’lumotida aytiladi.

Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston hududida karantin choralari tatbiq etilishi munosabati bilan 2020 yil 1 martidan aviaqatnovlar bir haftadan faqat bir martagina amalga oshiriladi.

Xususan, qatnovlar 8 mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan, 15 mart kuni Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan, 22 mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan va 29 mart kuni Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Urg‘ulanishicha, Toshkentga qaytib borgan fuqarolar shahar tashqarisidagi maxsus joyda 14 kun mobaynida karantinda saqlanib, tegishli ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘nggina uyga qaytishga ruxsat beriladi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG