Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:23

"Hokim tahqirlagandan so‘ng infarkt bo‘ldim, kasalxonadan ham haydab solishdi"(VIDEO)


Ravshanbek Ro‘ziyev kasalxonada
Ravshanbek Ro‘ziyev kasalxonada

Andijon viloyat, Shahrixon tuman, "O‘zbekiston" MFY sobiq raisi Ravshanbek Ro‘ziyev OzodMikrofonga murojaat qilib, tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov o‘zini ko‘pchilikning oldida izza qilib, tahqirlagani ortidan infarkt bo‘lganini iddao qildi.

«Ҳоким таҳқирлагандан сўнг инфаркт бўлдим, касалхонадан ҳам ҳайдаб солишди»
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:13 0:00
Бевосита линк


Ravshanbek Ro‘ziyevning aytishicha, oyog‘idagi dard sabab tufli kiyolmay majlisga shippak kiyib borgan, ammo tuman hokimi uni turg‘izib qo‘yib ko‘pchilikning oldida izza qilgan:

-O‘zi qand kasalim bor, oyog‘im ikki marta jarohat olgan. Tinmay qizib ketaveradi, hatto qishda ham shippakda yuraman. O‘sha kuni majlisga ham oq ko‘ylak, kostyumda, lekin oyog‘imda tapochka bilan borgan edim. Hokim buni ko‘rib qolib, shuncha odamning oldida shaxsiyatimga tegib yalangoyoqsan, prezidentning dargohiga ham tapochka kiyib keladimi, dedi. Xo‘p, dedimu indamay chiqib ketdim. Ertasi kuni seni ishdan bo‘shatamiz, saylov qilamiz, dedi. Xo‘p, bo‘shating, dedim. Ertasiga maktabda srochno saylov bo‘ldi. Odamlar rahbarlarga nega ishdan bo‘shatasan, mahallaga juda ko‘p ish qilyapti bu odam, dedi. "Aybi majlisga tapochka kiyib borgani" dedi. Tapochka kiyish ayb ekanmi, bu odam qishda ham shunday yuradi, oyog‘i ikki marta operatsiya bo‘lgan, dedi. Bu gaplarni eshitib, yuragim siqilib, tashqariga chiqqandim, yuragim ushlab qoldi. Keyin bilmayman, reanimatsiyada ko‘zimni ochdim. Bir kun yotganimdan so‘ng, davolovchi vrachim bosh shifokor sizga javob berib yubor deb talab qilyapti, dedi. Majbur chiqarib yuborishdi. Uyga kelganimdan so‘ng ko‘zim xiralashib qoldi. Keyin yana kasalxonaga olib borib yotqizishdi. Men qornimga emas, qadrimga yig‘layapman. Bola-chaqali, nevarali odamman. Ertaga ana hokim aytgan yalangoyoq kelyapti, deb menga qo‘lini bigiz qilib ko‘ratishlaridan xavotirdaman. Nahot hokim degan madaniyatli odam, sababini so‘ramay turib, hammaning oldida o‘zidan yoshi katta odamni masxara qilsa?”

Ravshanbek Ro‘ziyev bu voqea haqida uning kameraga qarab aytgan gaplari Feysbukdagi Nodirbek Hojimatovning sahifasida ham e’lon qilinganini qo‘shimcha qildi.

«Ҳоким таҳқирлагандан сўнг инфаркт бўлдим, касалхонадан ҳам ҳайдаб солишди»
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:41 0:00

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG