Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:20

Navoiy viloyatida logotipi Rossiya davlat bayrog‘i bilan bezalgan gazeta chiqmoqda


Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tahririyat 2016-yildan beri faoliyat yuritadi.
Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tahririyat 2016-yildan beri faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida logotipi Amir Temur haykali va haykal fonida Rossiya Federatsiyasi davlat bayrog‘i aks etgan “Muqaddas burch” gazetasi chop qilinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasining rasmiy saytida chop qilingan gazeta bosh muharriri Dilafro‘z Halilovaning yozishicha, “Muqaddas burch” o‘z muxlislariga ega bo‘lib, o‘qishli gazeta sifatida avval 700, undan so‘ng 1200 nusxada o‘quvchilar qo‘liga yetib bormoqda.


Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tahririyat 2016- yildan beri faoliyat yuritadi. Nashr muharriri tahririyatda A.Safarov, G.Boboziyotova, B.Rahmatov, O.Aslonov, D.Nurxonov, B.Soliyev, S.Rayimberdiyeva, S.Rasulov singari taniqli jurnalistlarning faoliyat olib borganini faxr bilan ta’kidlaydi.

Gazeta muharririga ko‘ra, hozirda gazetaning moliyaviy ahvoli ancha og‘ir bo‘lishiga qaramasdan har oyda muntazam chop etib kelinyapti. Uning sahifalaridagi ijtimoiy-huquqiy mavzudagi materiallar, tahliliy, tanqidiy, badiiy publitsistik yo‘nalishdagi maqolalar o‘qishliligini, ommabopligini oshirishga xizmat qilayotir.

Shuningdek, gazetada Navoiy viloyatidagi korxona va tashkilotlarning faoliyatiga oid ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy mavzudagi hamda bugunning eng dolzarb islohotlari, yangiliklari yoritilgan materiallarni o‘qish mumkin.

Ozodlik tahririyatning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan telefonlari bilan bog‘lana olmadi.

O‘zbekiston Repsublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining vakiliga ko‘ra, gazeta logotipida aks etgan Amir Temur haykali ortidagi Rossiya Federatsiyasining davlat bayrog‘i "dizaynerlarning xatosi" bo‘lishi mumkin.

“Bu masalada albatta rasmiy munosabat bildiramiz. Bu tahririyat xodimlarining ma’suliyatsizligi bo‘lishi mumkin. Afsuski, logotipdagi davlat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan bu holat e’tiborsizlikdar. Boshqa izoh yo‘q”, dedi ismi oshkor qilinishini istamagan AOKA vakili.

Рус пропагандаси. Чексиз ҳокимият ва чекланмаган ташвиқот
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:41 0:00


Navoiy viloyati IIB navbatchilik qismi xodimiga ko‘ra, “Muqaddas burch” xususiy nashr bo‘lib, asosan, Ichki ishlar, Adliya va prokuratura faoliyatini yoritadi. Mazkur idoralar bilan faoliyatni yoritish, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha shartnomalari mavjud.

XS
SM
MD
LG