Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:23

Besh yashar qizchani zo‘rlab o‘ldirgan qotil 19 yilga qamaldi


Andijonning Paxtaobod tumanida 5 yashar qizchani avval zo‘rlab, so‘ngra bo‘g‘ib o‘ldirgan 31 yashar erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Tumanning Ozod mahallasida shu yilning 28 yanvarida bo‘lgan hodisa haqida Ozodlik 31 yanvar kuni xabar bergandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi o‘z qotilligini yashirishga uringan 31 yoshli M.I.ni 19 yillik qamoqqa hukm qildi.

Daryo.uz nashriga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 97-moddasi, 2-qismining "v, o" bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish), 118-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish), 119-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, deb topilgan.

Sud majlisida ayon bo‘lishicha, qotil uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, o‘g‘li bilan o‘ynagani uyiga kelgan besh yashar qo‘shni qizchaning nomusiga tekkan, jinsiy extiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirishga harakat qilgan.

"Qizcha onasini yordamga chaqirib baqirganida, erkak uni oq rangli sharf yordamida bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. So‘ngra to‘kilgan qonni qizning ichki kiyimiga artib, xonadagi oq rangli sintetik matodan tayyorlangan qopga kiyimlari bilan birga solgan, keyin tashqaridan ketmonni olib kirib, xonaning yer qismini taxminan 50–60 sm chuqurlikda kovlab ko‘mib qo‘ygan", deyiladi xabarda.

Shuningdek, nashrning xabar qilishicha, M.I. mahkamada ayblovni to‘liq tan olgan.

"Bilaman hayvon qilmaydigan ishni sodir etdim, — deydi M.I. – Bunday bo‘lishini o‘zim ham istamagan edim. Shayton yo‘ldan urdi. Barchasini anglab yetganimda o‘tib bo‘lgan edi. Qilgan ishimdan pushaymonman", deya sudlanuvchidan iqtibos keltiradi Daryo.uz nashri.

Ozodlik shu yilning 31 yanvarida Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan bu mudhish jinoyat haqida xabar qilgan edi.

​Voqea guvohlaridan biri Ozodlikka, qizcha 28 yanvar kuni kechqurun yo‘qolib qolganidan so‘ng, militsiya uni qidirishga tushganini xabar qilgandi:

“Qizchaning bitta kalishi qo‘shnisining darvozasi yoniga tushib qolgan ekan. Militsiya iskovuch it olib keldi, o‘sha hidlab qizchani hovliga ko‘milgan joyidan topdi. Ochib ko‘rishsa, haqiqatan ham qizcha ko‘milgan ekan. Qo‘shni yigitni darhol qamoqqa olishdi”, degandi voqea guvohlaridan biri.

Bosh prokuratura matbuot xizmati jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilganini bildirgan.

Qotil jazoning dastlabki 2 yilini turma tartibida, qolgan qismini esa umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.

XS
SM
MD
LG