Моб:+79258363937 (шошилинч хабарлар)
Емайл: bobomatovu@rferl.org
Qozog‘istonda bundan 9 yil oldin dom-daraksiz ketgan samarqandlik 28 yashar Nazmiddin Saipovni yaqinlari qidirmoqda. Yo‘qolgan muhojirning Ozodlikka ulangan ukasi Fazliddin bir necha kun oldin akasining tirikligi to‘g‘risida Taroz shahridan xabar chiqqanini gapirib berdi.
Қозоғистонда бундан 9 йил олдин дом-дараксиз кетган самарқандлик 28 яшар Назмиддин Саиповни яқинлари қидирмоқда. Йўқолган муҳожирнинг Озодликка уланган укаси Фазлиддин бир неча кун олдин акасининг тириклиги тўғрисида Тароз шаҳридан хабар чиққанини гапириб берди.
Moskva oblast, Serpuxovo shahrida o‘ldirib ketilgan besh yoshli tojik qizi Xuvaydo Tillozodaning jasadi 25 iyul kuni ertalab “Tojik Eyr” aviakompaniyasi reysi bilan Moskvadan Dushanbega olib kelindi va shu kuniyoq Ko‘lobda dafn etildi.
Москва область, Серпухово шаҳрида ўлдириб кетилган беш ёшли тожик қизи Хувайдо Тиллозоданинг жасади 25 июль куни эрталаб “Тожик Эйр” авиакомпанияси рейси билан Москвадан Душанбега олиб келинди ва шу куниёқ Кўлобда дафн этилди.
Ukrainada urush yillari o‘zbek jangchilarining o‘z yaqinlariga yuborgan xatlari topildi. Xatlarni topgan ukrainalik tarixchilar Ozodlikdan ularning adresatlarini topishda ko‘mak so‘radi.
Украинада уруш йиллари ўзбек жангчиларининг ўз яқинларига юборган хатлари топилди. Хатларни топган украиналик тарихчилар Озодликдан уларнинг адресатларини топишда кўмак сўради.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Moskvadagi o‘zbek konsulligi va parlament deputatlari Moskvadagi qamoqxonada ochlik e’lon qilingani aytilayotgan o‘zbek muhojiri ishini o‘z nazoratiga oldi. Narkotik moddasini saqlaganlikda ayblanib qamalgan 21 yashar toshkentlik Ma’rufjon Shakarov Moskvaga uchuvchilikka o‘qishga kelgani aytilmoqda.
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги, Москвадаги ўзбек консуллиги ва парламент депутатлари Москвадаги қамоқхонада очлик эълон қилингани айтилаётган ўзбек муҳожири ишини ўз назоратига олди. Наркотик моддасини сақлаганликда айбланиб қамалган 21 яшар тошкентлик Маъруфжон Шакаров Москвага учувчиликка ўқишга келгани айтилмоқда.
Moskvaga sayyoh sifatida o‘z avtomobilida kelgan o‘zbekistonlik 21 yoshli Muhammadali Hamroev shaharga kirmasdanoq mahalliy politsiyachilar tomonidan ushlandi. Politsiya bo‘limiga olib ketilgan bu navoiylik talaba-yigitga “1 sutkada yashash joyi bo‘yicha migratsiya qaydiga turmagani” ayb i qo‘yildi.
Москвага сайёҳ сифатида ўз автомобилида келган ўзбекистонлик 21 ёшли Муҳаммадали Ҳамроев шаҳарга кирмасданоқ маҳаллий полициячилар томонидан ушланди. Полиция бўлимига олиб кетилган бу навоийлик талаба-йигитга “1 суткада яшаш жойи бўйича миграция қайдига турмагани” айб и қўйилди.
Rossiyaning Kaliningrad shahridan Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonlik Sayfullo Bektoshev O‘zbekiston Mehnat vazirligi tomonidan ishga yollanib keltirilgani, ammo bir necha oy davomida ishga rasman joylasha olmayotganini so‘zlab berdi.
Sankt-Peterburgning Viborg tumanida ketayotgan qurilishlardan birida 26 iyun kuni mehnat muhojirlari orasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Mahalliy jurnalistlar ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan mahalliy shifoxonaga olib ketilganini xabar qildi. Qurilish shirkati jarohatlanganlar borligini inkor etmoqda.
Давомини ўқинг