Моб:+79258363937 (шошилинч хабарлар)
Емайл: bobomatovu@rferl.org
1 mart kuni Federal Kengash oldida 14-marta yillik chiqish qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya raqiblari va dushmanlariga” tahdid qildi va rossiyaliklarga qop-qop va’da berdi.
1 март куни Федерал Кенгаш олдида 14-марта йиллик чиқиш қилган Россия президенти Владимир Путин “Россия рақиблари ва душманларига” таҳдид қилди ва россияликларга қоп-қоп ваъда берди.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchi yo‘nalishdagi taksi mikroavtobusining o‘zbekistonlik haydovchisini kaltaklab o‘ldirdi. QOtillik sodir etilganlikda gumonlanib 19 yashar mahalliy shaxs hibs etildi. Avtopark rahbariyati 49 yashar haydovchi Habibullo Qaxxorov o‘ligi 27 fevral kuni O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.
Россиянинг Санкт-Петербург шаҳрида йўловчи йўналишдаги такси микроавтобусининг ўзбекистонлик ҳайдовчисини калтаклаб ўлдирди. ҚОтиллик содир этилганликда гумонланиб 19 яшар маҳаллий шахс ҳибс этилди. Автопарк раҳбарияти 49 яшар ҳайдовчи Ҳабибулло Қаххоров ўлиги 27 феврал куни Ўзбекистонга жўнатилганини билдирди.
Rossiyaning Mordoviya respublikasi poytaxtida o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik 24 yashar shaxs hibsga olindi. Tergovchilar homilador ayolini o‘ldirganlikda aybi o‘z isbotini topsa, o‘zbek muhojiriga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Россиянинг Мордовия республикаси пойтахтида ўз хотинини бўғиб ўлдирганликда гумонланаётган ўзбекистонлик 24 яшар шахс ҳибсга олинди. Терговчилар ҳомиладор аёлини ўлдирганликда айби ўз исботини топса, шўбек муҳожирига 20 йилгача қамоқ жазоси тайинланиши мумкин.
Xususiy kvartirasida bir necha mehnat muhojirini qayd qilgani uchun moskvalik huquq faoli Bahrom Hamroev ustidan jinoyat ishi ochildi. “Memorial” tashkiloti bu ayblovni o‘z xodimiga nisbatan boshlangan bosim sifatida baholamoqda.
Хусусий квартирасида бир неча меҳнат муҳожирини қайд қилгани учун москвалик ҳуқуқ фаоли Баҳром Ҳамроев устидан жиноят иши очилди. “Мемориал” ташкилоти бу айбловни ўз ходимига нисбатан бошланган босим сифатида баҳоламоқда.
Rossiyada siyosiy qochqin maqomini ololmagan o‘zbekistonlik Bahodir Karimov Yevropa davlatlaridan birida boshpana topdi. Shu kunlarda u o‘z rafiqasi bilan xalqaro tashkilotlar va Yevropa davlatlaridan birining elchixonasi ko‘magida Rossiyadan chiqib ketdi. Bahodir Karimov o‘zining yaqin rejalari to‘g‘risida Ozodlikka so‘zlab berdi.
Россияда сиёсий қочқин мақомини ололмаган ўзбекистонлик Баҳодир Каримов Европа давлатларидан бирида бошпана топди. Шу кунларда у ўз рафиқаси билан халқаро ташкилотлар ва Европа давлатларидан бирининг элчихонаси кўмагида Россиядан чиқиб кетди. Баҳодир Каримов ўзининг яқин режалари тўғрисида Озодликка сўзлаб берди.
Qashqadaryolik 29 yashar Nurali Orziev Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarori borligiga qaramasdan Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga ektraditsiya qilindi. O‘zbekistonda “diniy tashkilot tuzib, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishda” ayblanayotgan bu o‘zbek muhojiri 2013 yildan buyon Qashqadaryo Ichki ishlab boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum.
Қашқадарёлик 29 яшар Нурали Орзиев Страсбургдаги Инсон ҳуқуқлари бўйича Европа суди қарори борлигига қарамасдан Россия ҳукумати томонидан Ўзбекистонга эктрадиция қилинди. Ўзбекистонда “диний ташкилот тузиб, конституциявий тузумни ағдаришда” айбланаётган бу ўзбек муҳожири 2013 йилдан буён Қашқадарё Ички ишлаб бошқармасининг тергов бўлими томонидан халқаро қидирувга берилгани маълум.
Rossiyada oliy ta’lim bo‘yicha diplom olgan o‘zbek yoshlari prezident Mirziyoevdan O‘zbekistonga qaytishga biroz sharoit yaratib berishni so‘ramoqda. Ozodlik bilan suhbatlashgan 28 yashar avtokranchi Baxtiyor Toshpo‘lotov O‘zbekistonga qaytib borayotgan yosh ziyolilar nostrifikatsiya va oylik maoshning kamligi kabi masalalarda muammolarga uchrayotganini so‘zlab berdi.
Россияда олий таълим бўйича диплом олган ўзбек ёшлари президент Мирзиёевдан Ўзбекистонга қайтишга бироз шароит яратиб беришни сўрамоқда. Озодлик билан суҳбатлашган 28 яшар автокранчи Бахтиёр Тошпўлотов Ўзбекистонга қайтиб бораётган ёш зиёлилар нострификация ва ойлик маошнинг камлиги каби масалаларда муаммоларга учраётганини сўзлаб берди.
“Novaya gazeta” muxbiri Xudoyberdi Nurmatov (Ali Feruz) ozod etilsa Rossiya tark etishi va bu mamlakatda qochqinlik qo‘ramasligini bildirdi. Juma, 2 fevral kuni Moskva shahar sudi Ali Feruzga uchinchi mamlakatga chiqib ketishga ruxsat berdi.
“Новая газета” мухбири Худойберди Нурматов (Али Феруз) озод этилса Россия тарк этиши ва бу мамлакатда қочқинлик қўрамаслигини билдирди. Жума, 2 феврал куни Москва шаҳар суди Али Ферузга учинчи мамлакатга чиқиб кетишга рухсат берди.
AQSh Moliya vazirligi yangi sanksiyalar joriy qilinishi mumkin bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi. “Kreml ma’ruzasi” deb nomlangan bu hujjatda keltirilgan Rossiya hukumati, prezident Ma’muriyati, yirik biznesmenlar va siyosiy yetakchilar aks etgan 210 kishilik ro‘yxatda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan oligarxlar Alisher Usmonov va Iskandar Mahmudov familiyalari ham bor.
Давомини ўқинг